66
bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari
majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompetensiyalari
Kommunikativ kompetensiya
– muloqot vositalaridan turli
vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi
– bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil
qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-
tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya
– hayotiy vaziyatlarda kattalar va
tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya
qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok
qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va
amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida
belgilanadi:
–jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
–ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
–muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
–bilish jarayonining rivojlanishi;
–ijodiy rivojlanish.
“
Dostları ilə paylaş: