81
4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda
o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini
jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini
haqqoniy baholay olishi;
5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab
qo‘yishi;
6. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi
har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;
7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni
bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga
olishi;
8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatIar,
uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi;
9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, har
bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘lsa ovuntira olishi;
10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va
uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va
mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni
bolalar yuqori baholaydilar.
Dostları ilə paylaş: