Gigiyenik sharoitlar
. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya
davlatning ona va bola to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligiga, mehnatkashlar
yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib borishi, moddiy faro-
vonligining o‘sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit
(bino, maydoncha, jihozlar, kiyim - bosh, poyabzal) yaratish, bolalar
hayotining ilmiy asoslangan rejimi (bular oqilona ovqatlanish,
harakatlarni rivojiantirish va organizmni chiniqtirish tadbirlarini o‘z
ichiga oladi) albatta, bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, tibbiyot
xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash
ishlarini olib borishi talab etiladi.
Bog‘chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari
bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish
imkonini beradigan darajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari
janubiy - sharqqa qaragan bo‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo‘lib, har bir bolaga bino
sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to‘g‘ri kelishi; xona
bezagi gigiyenaga xos, tez toza bo‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda
bo‘lishi kerak. Guruhda tartib bo‘lishiga rioya qilish zarur. Xonada
yorug‘likni to‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq
mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak. Hamma
jihozlar ta’lim-tarbiya talabiga, bolalarning bo‘yi va gavda tuzilishiga
mos bo‘lishi va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan
maxsus normaga javob berishi lozim.
Bolalarning stol-stullari ancha mustahkam va yengil tuzilishi,
sodda hamda oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap
tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. O‘yinchoq va
ko‘rgazmali qurollar ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq,
zararsiz rangda, tashqi ko‘rinishi silliq bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi o‘z guruhining gigiyenik sharoiti uchun javobgardir.
Xonani bolalar sayrga, musiqa ketgandan keyin shamollatish, deraza
fortochkalari esa yil fasllaridan qat’iy nazar doimo ochiq bo‘lishi
kerak.
Bog‘cha maydonchasi. Har bir yosh guruhi uchun butalar bilan
ajratilgan alohida maydoncha bo‘lishi kerak. Maydonchada
bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun joy (tekis maydoncha),
qum, suv, qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun joy,
ijodiy o‘yinlar va turli o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar uchun
95
joy ajratiladi. Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar:
tirmashib chiqish uchun devorchalar (uch, to‘rt va olti burchakli),
muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash, uloqtirish
mashqlari uchun kerakli jihozlar bo‘lishi kerak. Bularning hammasi
bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli
bo‘lishi zarur. Bog‘cha maydonchasida bolalarning velosipedda
yurishlari uchun yo‘laklar bo‘lishi kerak.
Yomg‘ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo‘ladi.
Maydoncha har doim ozoda, tartibli bo‘lishi zarur. Bog‘cha
maydonchasi skameykalar, o‘ynash uchun zarur bo‘lgan o‘yinchoqlar,
qum yashiklari, har xil kema, samolyot maketlari, narvonchalar bilan
jihozlangan bo‘ladi.
Qishki vaqtlarda qor tepalikcha, yaxlatilgan yo‘lchalar, qor
inshootlari qurish lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki
ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o‘tishi kerak. Bola stol
atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning organizmida ovqatning
yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shartsharoit hosil bo‘ladi.
Yaxshi
ishtaha
bolalarda
mustaqillikni,
madaniy-gigiyenik
malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarini
tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi – bolalarning yoshligidan
boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga
egadir. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, ba’zilari keragidan kam ovqat
yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini ularning
yoshiga qarab berish kerak. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga
majbur etish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan oladigan
lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyinlashtiradi, ba’zan
bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin. Bolaning to‘g‘ri
ovqatlanayotganining asosiy mezoni uning jismoniy jihatdan uyg‘un
rivojlanganligidir.
Bolalarni ilk yoshligidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga
o‘rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy
munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan
qoshiqdan foydalanishga o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan sanchqidan,
beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab
borish zarur. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini
yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatma, tovushsiz chaynash va ichish,
salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri o‘tirish, ovqat uchun tashakkur
96
bildirish, ovqatdan keyin og‘izni chayqash kabi madaniy-gigiyenik
malakalar ham tarbiyalab boriladi.
Ovqatlanish vaqtida bolalarga tanbeh berish, ularni koyish
yaramaydi. Bu bolalarning asabini buzadi, ishtahasini bo‘g‘adi. Bir
bolaga berilgan tanbeh boshqa bolalarning diqqatini tortmasligi lozim.
Ovqatni yaxshi yeya olmaydigan bolalarga tarbiyachi yoki enaga
yordam beradi.
Bolalarda ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy-gigiyenik
malakalarni tarbiyalash kattalardan ijobiy namuna ko‘rsatishni talab
etadi. Madaniy-gigiyenik malakalarni qanday bajarayotganliklarini
tarbiyachi nazorat qilib borishi, katta va tayyorlov yoshidagi bolalarda
esa uning ahamiyatini, bajarish usulini ongli egallab olishlariga
erishishi lozim.
Uyqu.
Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda uyqu muhim
ahamiyatga egadir. Uyqu miya katta yarimsharlarining normal ishlashi
uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv sistemasining,
organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola
yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv sistemasi faoliyatining
buzilganidan dalolat beradi. Nerv sistemasi tez qo‘zg‘aluvchi bolalar
aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning‘ uyqu tormozlanishi
chuqur normal uyquni ta’minlayolmaydi. Shunda bunday bolalar
kichkinagina, arzimagan sharpadan ham uyg‘onib ketaveradi. Bola
qanchalik yomon uxlasa, uning axloq normasi, o‘zaro munosabati,
muomalasi shuncha yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb
tushunamiz. Yaxshi uyqu bolaning sog‘lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo‘lgan
sutkalik rejimni hayotining birinchi kunidan boshlab to‘g‘ri tashkil
etishidir. Bola tez va yaxshi uxlashi uchun kerakli shart-sharoit
yaratish, uyg‘oqlik vaqtida faollashtiruvchi har xil harakatlarni tashkil
etish kerak. Bola yaxshi uxlashining asosiy shartlaridan biri
hayotining birinchi oyidan boshlab uni toza havoda uxlatishdir.
Kislorodga to‘ygan qon butun organizmdagi nerv hujayralarining
tiklanishiga yordam beradi. Toza havo bolaning nafas olishini
yaxshilaydi, shamollashdan saqlaydi. Jismonan nimjon va 1,5 yosh-
gacha bo‘lgan bolalarni toza havoda uxlatish, sayr qildirish nihoyatda
zarurdir.
97
Agar bola yaxshi uxlasa, tetik, quvnoq bo‘lib uyg‘onadi va haf-
sala bilan kiyina boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |