Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni.
2. Jismoniy tarbiyadagi asosiy tushunchalarning «jismoniy tarbiya»,
«jismoniy barkamollik», «badantarbiya», «jismoniy rivojlanish»
mazmunini ochib bering.
3. Ilk yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
4. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiya-
lashning mazmunini ochib bering.
5. Rejim (kun tartibini) tashkil etish.
6. Turli yosh guruhlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish.
7. Ilk yoshdagi bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiya-
lash.
8. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik
ko‘nik-ma1arni tarbiyalash.
9. Jismoniy tarbiya vositalari.
10. Chiniqtirishning mohiyati va uni o‘tkazish metodikasi.
102
VII MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING AQLIY VA AXLOQIY JIHATDAN
TARBIYALASH VAZIFASI VA AMALGA OSHIRISH
VOSITALARI
Tayanch tushunchalar:
aqliy tarbiya, Aqliy tarbiya nazariyasi,
axloqiy tarbiya, aql, sensor tarbiya, metod, tamoyil, idrok, tafakkur,
odob
VII.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Aqliy tarbiya haqida tushuncha: Aql keng ma’noda sezish va
idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan bilish
jarayonlari yig‘indisidir.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga
muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko‘rsatish. U yosh
avlodning insoniyat to‘plagan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarda,
qoidalarda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning
rejali jarayoni sifatida ro‘y beradi. Bu ta’sir kattalar tomonidan amalga
oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil
vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Odamning
aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida
namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyatning jo‘shqinligida, mustaqil
ijodiy bilishga intilishda o‘z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan
bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan
muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi yetuk,
o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand
kishilar deb ataydilar. Donishmandlik – bu donolik. Donolik
insonning eng buyuk va olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir
noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning
uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har kimda
ham bo‘lmas», deyiladi. Insoniyat paydo bo‘lgandan beri odamlar
orasida
yetishib
chiqqan
barcha
olim-u
fozillar,
shoir-u
yozuvchilarning barchasi mukammal ilm egallash orqali o‘z davrining
e’tiborli kishilari darajasiga ko‘tarilganlar. Abu Rayhon Beruniy, Abu
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher
Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar, g‘arb olimlaridan Yan Amos
Komenskiy, K.D.Ushinskiy, J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm
egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar
yaratganlar.
103
Tarixan ta’lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakllanib
borish barobarida, ta’lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuvchining
sifatlari, yani ta’limiy maqsadlar ham aniqlanib bordi. Xitoyning
Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlarida: «Samarqand
aholisi mohir savdogarlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan,
unga savod o‘rgata boshlaydilar», - deb qayd qilingan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta’lim-
tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya
hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har
bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o‘qishni
keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin»
deyilgan.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson
takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor
berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi.
«Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Aql
ma’nolari to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chikishi» kabi maorifiy
asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Farobiy ta’limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera
oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni
yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi
davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchilarga bilim berishda ularni
zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi mavzularni qiziqarli, asosan
ko‘rgazmali bayon etish va hokazolarga e’tibor berish kerakligini
uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o‘zi sezishi mumkin
bo‘lmagan holatlardan, behuda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish
zarurligini aytadi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini
ta’kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezoni
sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi,
ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarur deb biladi. U
ta’limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga
bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik, ta’limda yengildan
og‘iriga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolaning
yoshiga mos bo‘lishi, o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish,
ta’lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish,
104
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish. Abu Ali ibn Sino
aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan
idrok etishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarini tushuntirishdir.
Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich.
O‘zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u
haqiqiy aql deyiladi. Olim aqlni 3 bosqichga bo‘lar ekan, birinchi
bosqichda yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham
bilmaydigan
bolalarni
nazarda
tutgan.
Ikkinchi
bosqichda
tayoqchalarni chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni o‘rganayotgan
bolalarning aqli tasavvur qilinadi. Uchinchi bosqichda inson aql
shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn
Sino aql deganda insoning tug‘ma iste’dodini, bilish jarayonida
shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni ikki xil kategoriyaga bo‘ladi:
1. Nazariy aql – borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.
2.Amaliy aql – buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan
qobiliyatlardan.
O‘z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla
Avloniy ham yoshlarni ilmli bo‘lishga chaqiradi. U aql va ilmni
ulug‘laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir.
Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab
muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida
keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish,
loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar
sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni
rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan
bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy
ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil
etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya
berish vazifalarini samarali hal etishda birinchidan bolaning
imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, ikkinchidan bola organizmining
umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha
zo‘riqish bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim
yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini
o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
105
Keyingi
yillarda
olib
borilgan
psixologik-pedagogik
tadqiqotlarning natijalari Maktabgacha ta’lim yoshi davrida
bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini
ko‘rsatadi. Bularning hammasi Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof
to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega
bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va
buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini
ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan
bo‘lib qoladilar. Ularda o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari
shakllanadi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib
borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda
tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va
tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli,
ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy
tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda
analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni,
voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim
bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-
atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan
qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha
qilishni ktizatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil
etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga
harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab,
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning
susayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining
sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil
qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini
rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida
namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining
ziyraklik
– fahm-farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash,
106
sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy
ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat
usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim
bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan
taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari
bo‘lib, bolaning bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam
beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha
sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret
o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega
bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni
rivojlantirish
maqsadida
tarbiyachi
bolalar
bilan
quyidagi
mashg‘ulotlarni
o‘tkazishni
rejalashtirishi
mumkin:
«Paxta
o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish», «Qafasdagi
ikki xil qushni bir-biriga solishtirish» didaktik o‘yini va shunga
o‘xshash tadbirlar o‘tkazish.
Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan,
ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda
foydalanishga o‘rgatish zarur. Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda
tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning
aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar
bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday xohishini
sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak.
Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati
kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini
rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni
maktabda muvaffaqqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat
faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati bu umumiy ham maxsus aqliy
harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina
vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy
harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga
tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus
aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning
rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va
jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra
bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati»
107
tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi,
vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini
tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish
natijalarini baholash mahorati kiradi.
Dostları ilə paylaş: |