VI. 3. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari hamda bolalarda gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: Rejim (kun tartibi).
Bolalar hayotining rejimi (tartibi) bu bedor yurish, uxlash, ovqat-
lanish, faoliyat xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda
takrorlanib, oqilona almashinib turishidir. Tartib rivojlanish uchun
qulay sharoit ta’minlashi kerak, shuning uchun u bolaning yoshi,
uning
salomatligi,
kattalar
mehnatining
xususiyatlari,
bola
tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bog‘liq tarzda
o‘zgaradi.
Muayyan vaqt ichida tartibning asosiy tarkibiy qismlari bir
maromda va doimiy bo‘lishi uning ajralmas xususiyatlaridir.
Tartibning bir maromdaligi tabiat hodisalarining maromi,
organizm faoliyatining maromiga asoslanadi. Bu bedor yurish va
uxlashning, tana haroratining o‘zgarishi, nafas olish, yurak urishining
qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining ish maromida
namoyon bo‘ladi va hokazo.
Oqilona tartib: 1) bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati
asosida quriladi, bu vaqtda boshmiya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi
vazifalar qayta taqsimlanadi, olingan axborot qayta ishlanadi; 2) aqliy
va jismoniy ishlarning nisbati, ovqat hazm qilish maromini hisobga
olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan
birga uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.
Tartibni tuzishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bo‘lgan
bolalar ko‘proq uxlashlari kerak.
4. Harakatga bo‘lgan yosh ehtiyojlari: bir kecha kunduzdagi harakat
miqdori 3 yoshli bolalarda 10-19 ming qadamni, 7 yoshli bolalarda
14-25 ming qadamni tashkil qiladi.
5.Yil fasli, iqlim sharoitlarini, bolalarni uyqusini tashkil etishni
hisobga olish lozim.