75
V. MODUL. HOZIRGI JAMIYATDA TARBIYACHI
SHAXSIGA QO‘YILADIGAN TALAB VA VAZIFALAR
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
tarbiyachi, Ilk qadam,
Davlat
talablari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari, kompetensiya, nutq
madaniyati, pedagogik mahorat, kreativlik, interfaol metodlar, axborot
texnologiyalari.
V. 1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan
islohotlarning muvaffaqiyati, eng avvalo, odamlarning o‘z
ishlariga
mas’uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamlakat
taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila
olishlariga bog‘liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi)
birinchidan, o‘sib kelayotgan
avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnat-
kash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va mas’uli-
yatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani – bu kelajak,
istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning
qadr-qimmati
shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy
qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa
yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U hukumat rahbarimi,
buyuk allomami,
shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul
kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini
charog‘on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.
Ustozning eng buyuk burchi xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli,
qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni
xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va
faxrli shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining
siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat
oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga ta’lim-tarbiya ishlarini hal
etishga ijodiy yondashishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish
va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi.
Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat
omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
76
Respublikamiz
rahbariyati
pedagoglar
faoliyatini
yuqori
baholamoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan “1-
oktabr Maktabgacha ta’lim xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni”
deb e’lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni
jamiyatda
tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni
barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog
ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda
erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar “Metodist
o‘qituvchi”, “Katta o‘qituvchi”, “Metodist-tarbiyachi”, “Xalq maorifi
a’lochisi” va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar.
Maktabgacha ta’lim xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar
saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tashabbusi bilan jumhuriyatimizda
pedagog xodimlarning oylik
maoshlari yildan yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib
kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik
markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy
tayyorgarligiga talab
77
kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun
shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Dostları ilə paylaş: