78
xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir.
Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy
boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z
o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni
to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Alhosil,
tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo
saodat, yo razolat masalasidur”,– deb aytgan fikrlari barcha millat
vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqat dir.
Ushbu fikrlardan
anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy
va davlat ishidir.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov
o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday
ta’riflaydi: “Tarbiyachi - ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo,
tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana
shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”.
Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va
doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar
ham tarbiyachilik
mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
– har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi
dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasi;
– pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
– tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
– tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
– xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish
qobiliyati;
– ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul
qilish;
– tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
– fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar
bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish;
– dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ
aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
– o‘quvchilar ongida
erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr
mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash;
– qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
79
– tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo
maslahatlashish;
– o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning
fikrlarini o‘rganish;
– o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
– har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko‘ra olish va
takomillashtirish;
– o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajrat-
maslik, bir xil munosabatda bo‘lish.
“Tegishli ma’lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy
fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqiga ega”,- deyiladi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunning 5-moddasida.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda,
mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan
bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan
o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi,
pedagogik
nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish
natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam
ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur.
Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z
kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu
kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi-tarbiyachi boshqa kasb
egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan
muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini
chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur.
Bu pedagog-tarbiyachining
obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim
fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan
qiziqish har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun
kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib
tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-
pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab
mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga
munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga
talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga
nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga
bolalarni chinakam
ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.
80
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining
mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik
mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga
pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash,
tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik
qobiliyatlar pedagogik faoliyati jarayonida, shuningdek, uni bu
faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi.
Pedagogik mahorat - bu
yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy
ravishda takomillashtirib borish san’atidir.
Dostları ilə paylaş: