73
Qurilish, konstruktorlik va matematika markazi: har xil qurilish
to‘plamlari – kublar, legolar, bloklar, konstruktorlar, o‘ynash uchun
didaktik o‘yinlar va boshlang‘ich matematik tasavvurlarni
rivojlantirish uchun o‘quv materiallarlari.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning
barcha turlari uchun atributlar va o‘yin materiallarlari, rolli,
rejissyorlik va dramatizatsiya o‘yinlari, shlyapalar – maskalar, o‘yin
to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar – masalan
“Sartarosh”, “Kasalxona” va “Do‘kon” o‘yinlari atributlari.
Til va nutq markazi: didaktik o‘yinlar, tematik mavzuli, kichik
formatdagi rasmlar, tasviriy materiallarlar, voqealar ketma-ketligini
belgilash uchun rasm seriyalari, turli mezonlarga ko‘ra guruhlash va
boshqalar,
bolalar
kitoblari
kutubxonasi,
tematik
albomlar,
topishmoqlar albomlari, magnit harflar to‘plami, “Rasmli alifbo”
kubik-lari.
Ilm, fan va tabiat markazi: atrof-muhit madaniyati bo‘yicha
didaktik materiallarlar, “Tabiat va odam” rasmlari va illyustratsiyalari,
valeologiya
bo‘yicha
maketlar,
tabiiy
materiallarlarning
xususiyatlarini o‘rganish uchun materiallar, to‘plamlar, tadqiqotlar va
tajribalar uchun, bilim to‘plamlari, o‘ynash uchun o‘yin mavzular
to‘plamlari – uy va yovvoyi hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar,
qushlar.
San’at markazi: tasviriy faoliyat zarur chn jihozlar, xalq
hunardmanchilik
mahsulotlari
tasvir
etilgan
albomlar
va
illyustratsiyalar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti,
madaniyati, urf-odat aks ettirilgan rasmlar, bolalar yozuvchisi va
O‘zbekiston shoirlari portretlari, tematik rang-barang kitoblar, erkin
ijod uchun rasm chizish albomlari.
Markazlardagi bolalar faoliyati: o‘yin, mustaqil nutq, kognitiv,
kommunikativ, kognitiv-tadqiqot, eksperimental, ijodiy, kommu-
nikativ, mehnat, samarali, musiqiy va badiiy.
Dostları ilə paylaş: