17
–
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda
maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– uchinchidan, respublikada davlat
va nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga
barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-
bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va
preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish,
shuningdek,
bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining
muqobil shakllarini
amaliyotga tatbiq etish;
–
to‘rtinchidan,
zamonaviy
innovatsion
pedagogik
texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda
usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida
joriy etish;
–
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks
ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-
metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy
adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash;
– oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni
hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama
rivojlantirish masalalarini professional
darajada hal etishga qodir
bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini
moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va
tajribali yuqori malakali
va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda
tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
–
sakkizinchidan,
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida
sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar
yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari
bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy
tibbiy taqdimnomalar bilan
belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish;
– to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga
tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya
qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish kabi
rejalar ishlab chiqilgan.
18
Bugungi kunda maqsad maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy
talablarga
asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har
tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda
ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya
jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim
tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning
sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy
minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: