Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


I. 5. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

I. 5. Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining 
boshlang‘ich bosqichi 
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining 
boshlang‘ich halqasi bo‘lib hisoblanadi. U sog‘lom, har tomonlama 
yetuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda 
ta’lim olishga tayyorlab, o‘qishga bo‘lgan havasini uyg‘otishga 
qaratilgan bo‘lib, bu 6-7 yoshgacha bo‘lgan davrda davlat va nodavlat 
bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim 
va tarbiyasining shaxsiy yo‘nalganlik modeli ustuvor bo‘lib 
hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning 
shakllanishi bo‘lib, belgilangan standart bo‘yicha uni o‘zgartirish 


15 
emas, balki uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishdir. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya muassasasi hisoblanadi 
va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning 
bilishga doir qiziqishlarini, madaniy axloq-odob ehtiyojlarini, 
dastlabki mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga 
muhabbat uyg‘otish, salomatligini mustahkamlash kabilar kiradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalar 
ta’lim-tarbiyasiga 
qo‘yiladigan 
davlat 
talablariga 
muvofiq 
maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshi-
radi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish lozim bo‘ladi: 
– malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tay-
yorlash; 
– maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini 
izlash va joriy etish; 
– bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va 
uslubiy jihatdan ta’minlash; 
– Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yin-
choqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 
– maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy 
merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihat-
dan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish
– maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil 
dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslahat 
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; 
– maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini 
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish; 
– maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
– bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, 
undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada 
davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi 
o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni 
tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, 
o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir.


16 
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir: 
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul 
qilinadilar. Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni 
umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, 
ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Umumiy 
o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o‘quvchilarga 
bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o‘rta ta’lim DTS da 
belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va 
amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga 
yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam 
beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va 
iste’dodini 
rivojlantirish 
maqsadida 
muayyan 
yo‘nalishdagi 
ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-internatlar, 
musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, 
ijtimoiy-gumanitar 
va tarbiyaviy fan yo‘nalishlar bo‘yicha 
chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil 
etish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha 
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi 
tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat 
tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 
ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-
tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini 
tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-
estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash 
sifatini tubdan yaxshilash maqsadida: 
– birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin