20
88-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz
oʻzgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz
maʼmuriyhududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.
89-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib
chiqish huquqiga ega.
90-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro
munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi
oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
doirasida tuzilgan
shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi
nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL
ETILISHI
XVIII bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
91-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi
boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan –
Qonunchilik
palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati
vakolat muddati – besh yil.
92-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga
muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi
boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Senati
aʼzolari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar,
tumanlar va
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma
majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng
miqdorda
21
– toʻrt kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
toʻqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat
va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan
hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda
kamida besh yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
aʼzosi boʻlishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun
bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati
bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining,
viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati
boʻlishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: