30
manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida
maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.
104-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
deputatlariga va Senati aʼzolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati
bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi
Senat aʼzolari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan
tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin
emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati
va Senati aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha
Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi,
ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo
choralariga tortilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: