XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
105-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻidir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini taʼminlaydi.
106-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik
boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil
Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
107-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vazifasini bajarib turgan davrda
boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati
boʻlishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas.
31
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan
muhofaza etiladi.
108-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga
kirishgan hisoblanadi:
“Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
109-modda.
Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti:
1)
fuqarolarning
huquqlari va
erkinliklariga,
Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, Oʻzbekiston
Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir,
milliydavlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur
chora-tadbirlar koʻradi;
2)
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston
Respublikasi nomidan ish koʻradi;
3)
muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining
shartnoma
va
bitimlarini
imzolaydi,
respublika
tomonidan
tuzilgan
shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya
etilishini taʼminlaydi;
4)
oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5)
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro
tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini
tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga
taqdim etadi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat
ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan
murojaat qilish huquqiga ega;
7)
vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini
tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
8)
Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
32
9)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod etadi;
10)
qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari
rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
11)
Oʻzbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurorini,
Oʻzbekiston
Respublikasi Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod
etadi;
12)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan
maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi,
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi,
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14)
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini,
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
15)
viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni va
qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar
hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan lavozimidan
ozod etishga haqli;
16)
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning
hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17)
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi;
qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18)
Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan
birbirini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish
zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi
va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining tasdigʻiga kiritadi;
33
19)
alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni
koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va
lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21)
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini
beradi;
22)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana
berishga oid masalalarni hal etadi;
23)
amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik
kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash
organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
25)
ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Dostları ilə paylaş: |