28
koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin
emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va
uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan
Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1)
Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda
raislik qiladi;
2)
Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni
tayyorlashga
umumiy rahbarlik qiladi;
3)
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
4)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining
va Qonunchilik palatasi
qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5)
parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining
faoliyatiga
rahbarlik qiladi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati,
boshqa davlat
organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro
munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;
7)
Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8)
ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
farmoyishlar chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: