www.ziyouz.com kutubxonasi
119
erishish uchun g’ayrat qilgan muborak ajdodlarimiz nur ichida yotsinlar, qabrlari nurga
to’lsin, ruhlari shod bo’lib, maqomlari a’lo bo’lsin...
Bu Uch oylar ichida zarur fursatlar, juda ham yaxshi kechalar bor. Ularning eng birinchisi
bu – rag’oib kechasi... Rajab oyi kirganidan keyin birinchi payshanbani jum’aga
bog’lagan kecha bu – rag’oib kechasi. Rag’bat ko’rsatilishi va ibodat qilinishi lozim
bo’lgan muborak kechalardan biri.
Rajabning 26-sini 27-siga tutashtirgan kecha bu – me’roj kechasi, Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqan muborak kecha. Bulardan keyin sha’bon
oyining o’n beshinchisida baroat kechasi bor. Bu - taqdirlar, hodisa-voqealar, qismatlar
belgilanadigan bir kecha. Fazilatli bir kechadir. Shu sababdan ham u kechaga jiddiy
tayyorgarlik ko’rish lozim. Bu kechada Alloh taolodan saidlar qatoriga qo’shishini, osiylar
qatoriga qo’shmaslikni so’rab iltijo qilish uchun hozirlik ko’rish lozim!..
Rajab oyi - tavba oyi. Tavba bu - qaytish degani.
«Qul Allohga yo’nalsa, Alloh ham unga yo’naladi». Demak, tavba - insonning xato
yo’ldan, johilona yashashdan, johilona ishlardan, gunohlardan, haromlardan,
qusurlardan, g’aflatlardan voz kechib, Janobi Haq yaxshi ko’rgan yo’lga qaytishi degani.
Shuning uchun ham rajab oyi bu - ulug’ bir tavba oyidir.
Said ibni Abu Rashid tomonidan Tabaroniyda rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam buyuradilar:
Ya’ni,«Rajab - muazzam bir oy, muhim, hurmatli va buyuk bir oy. Alloh taolo bu oyda
qilingan yaxshiliklarni qo’sha-qo’sha mukofotlantiradi. Ya’ni boshqa oylarda qilingan
ibodatni rajab oyida bajarsa, u oydagilarga nisbatan oshig’i bilan mukofotlaydi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bu oyda eng ko’p qiladigan ibodatlaridan
biri bu ro’za tutishlari edi. «Rajab oyida bir kun ro’za tutgan kishi, bir yil ro’za tutganlik
savobiga ega bo’ladi», – deya Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytmoqdalar
hadisning davomida. Rabbimiz akramul-akramin saxiylarning saxiysi bo’lganligidan
bizning ojizona qilgan ibodatlarimizga qo’sha-qo’sha buyuk mukofotlar bermoqda.
«Bu oyda yetti kun ro’za tutgan kishi uchun jahannamning eshiklari yopiladi». Bilasizki,
rivoyatga ko’ra yetti qavat jahannam bo’lib, uning yettita eshigi bordir. Bu degani
jahannamga kirmaydi.
«Sakkiz kun ro’za tutgan kishi uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi». Bilasizki
jannatning sakkizta eshigi bor...
Kim bu oyda o’n kun ro’za tutsa, Alloh so’raganini beradi, agar o’n besh kun ro’za tutsa,
osmonlarda uning gunohi kechirilgani haqida nido qiluvchi nido qilib, ma’lum qiladi.
Qancha ko’p ro’za tutsa Alloh ham ajrini ziyoda qilaveradi.
Nuh alayhissalom haqlarida ko’p so’zlashishimiz kerak! Nuh alayhissalom Iroqda
yashayotgan davrlarida Alloh taolo u zotga kema yasagin, deb amr qilgan, u zot
yasashni boshladi. Qavmi esa: «Alloh, Alloh. Bu yerda suv yo’q, daryo yo’q, nega kema