Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
darslarimiz bir kunga to’g’ri kelib qolardi. Hozir huquqshunos-professor, lekin ishni 
prokurorlikdan boshlagan ekan. Prokuror bo’lganligi uchun odam o’ldirish va boshqa 
shunga o’xshash turli jinoyatlarni rasmiylashtirishda qatnashgan. Bir kuni 18-20 
yoshlardagi suzish bo’yicha chempion bo’lgan yosh bir yigit cho’kib o’libdi. Prokurorni 
shunga chaqirgan ekanlar. U yerga Istanbul morgi (o’lik xonasi)dan mashhur bir olmon 
professori ham boribdi. Haligi olmon professorining yonidagi talabalari domlalariga 
qarab: 
«Suv ostida ichiga havo kirib tiqilib o’lgan», – debdilar. 
Olmon professori esa: 
«Yo’q! Havo tiqilganda chempion o’zini tutib olardi, cho’kmasdi», – debdi. 
«U holda qanday qilib o’lgan?» – deb talabalar so’rashibdi. 
«Barmoqlariga qarang! Bu sigaretning ashaddiy bangisi» – deb javob beribdi. Sigaret 
ushlagan joylari jigarrang, to’qrang bo’lib qolgan. Sigaretning tutuni o’sha joylarga ta’sir 
ko’rsatgan». 
«Xo’sh, qanday o’lgan ekan?» 
O’likning ko’kragini yorib, o’pkasini chiqaribdilar. Professor do’stim tushuntiryapti: 
«O’pkani tashqariga olganlarida, uning pastki qismi qop-qora, yuqorisi esa jigarrang 
bo’lib qotgan. Shunday bir siqqan edi, undan munchoq-munchoq mum sizilib oqdi». 
Shunda olmon professori: «Qaranglar, bu yigit o’pkasini sigaret tutuni bilan to’ldiribdi. 
Suzayotgan paytda, vujudning kislorodga ehtiyoji ortib boradi, chunki hamma a’zo 
harakatga kiradi. Shunda, o’pka vujudga lozim bo’lgan kislorod miqdorini yetkazib 
berolmagan. Harakat qilgan, biroq kislorodsizlikdan o’lgan», – debdi. 
Chekadiganlaringiz bo’lsa, bundan ibrat olsin. 
Aziz va muhtaram birodarlarim! Shu bir oy davomida gunohlardan, yomonliklardan, 
makruhlardan voz kechishni o’rganaylik. 
Bir hadisi qudsiyda aytiladiki: «Gunoh qilgan paytingda uning kichikligiga emas, kimga 
qarshi qilinganiga qara!». Allohga qarshi qilingan bo’lsa, uning kichikligi qolmaydi. Inson 
ramazon oyida barcha kichik va katta gunohlardan saqlanishi lozim. 
Bir hadisi qudsiyni o’qiyman. Unda do’zaxga kiruvchilar sanab o’tiladi.
«Ey Odam farzandi!». Biz hammamiz aka-ukalarmiz, chunki otamiz Odam alayhissalom. 
(Ma haza’n – nira’nu). «Bu olov shular uchundir», – deb gunohkorlarni, qusurlilarni 
sanashni boshlaydi, esingizda saqlang: 
1. (Illa’ li kulli a’qqil va’lidayn). Ota-onasiga osiy bo’lganlar uchun. 
Agar oralaringizda ota-onasi bilan arazlashib qolganlar bo’lsa, borsin-da qo’lini o’pib, 
yarashsin! Ota-onangizning ko’nglini oling! Chunki ota-onasiga osiy bo’lgan 
jahannnamga otilar ekan. Do’zax ular uchun hozirlangan ekan. 
Bilasizmi, ota-onaga sarf etiladigan xarajatlarning biriga yetti yuz qaytariladi. Jihodga 
sarflangandek qiymatli. Shuning uchun ota-onangizning ko’nglini oling!
Bir kun fakultetdagi bir talabam yonimga keldi. Eshikni taqillatib: «Kirish mumkinmi?» – 
deb so’radi. 
«Kiring!» – dedim. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin