Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
Shuning uchun ham bu bir oylik ro’za kursi bizlarga foyda berishi kerak! Bu kursdan
o’tganligimiz to’g’risida guvohnoma olishimiz lozim! Bu kursni muvaffaqiyatli bitirib,
taqvoni o’rganishimiz joiz!
Taqvo
faqatgina yemaslik, ichmaslik, jinsiy munosabatlardan uzoq turish degani emas.
Ko’ngilning ham taqvosi bor.
Ko’ngilning taqvosi – haromga qaramaslik. Chunki
yuqorida
ham aytganimizdek, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:
«Ko’zlar ham zino qiladi!». Agarda ko’zlar ham zino qiladigan bo’lsa, ko’zimiz haromga
qaradimi, ro’zamizning savobi ham ketadi. Shuning uchun ro’zadormisan, Allohning
harom qilgan taraflariga qaramaysan!
Tilning ham ofatlari bor. U ham gunohlardan saqlanadi.
Quloqning ham ofatlari bor, uni
ham haromlardan qo’riqlaysan. Tilni ham haromdan saqlanadi, qo’lni haromlarga
uzatmaydi, qadamlarini
harom tomonga tashlamaydi, bormaydi. Butun a’zolarini
taqvoga o’rgatganidan so’ng, ro’zasi qabul bo’ladi.
Imom G’azzoliy ro’zaning uch martabasini ko’rsatadilar:
Dostları ilə paylaş: