Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
Musulmon
har yili bir oy kursga olinib, taqvo darsidan ta’lim oladi. Inson har yili o’ttiz
kun bir kursga qatnashsa, o’sha ishning professori bo’ladi. Ro’za taqvo uchun, taqvoni,
saqlanishni, asrashni o’rganish uchun. Mana, Alloh bizga
jahannamdan saqlanishni
qanday o’rgatayapti.
Suv ichmasdan yashay olamizmi? Yo’q! Suv bizlarga ham, hayvonlarga ham,
daraxtlarga
ham, gullarga ham lozim! Alloh osmondan suv yog’dirmasa, hayot tugaydi.
«(Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (banogoh
ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo’lsa, u holda kim sizlarga oqar suv
keltira olur?!»
Alloh osmondan suvni yog’dirmasa, xalq suvsiz nima ham qilardi? Halok
bo’ladi!
Ozuqa ham juda muhim, yemasdan turolmaymiz, yashamaymiz.
Bir muddat yashaymiz,
keyin kunimiz bitadi.
365000 x 250 = 91250000 yil... Jahannamda eng oz yonadigan musulmon to’qson bir
million ikki yuz ellik ming yil yonadi! Qani, endi gunohga yaqinlashib ko’r-chi! Har
haromga qara-chi! Harom yeb ko’r-chi! To’qson bir million ikki yuz ellik ming yil gurillab
yonadigan olovga chidab ko’r-chi... Quyoshning haroratiga chiday olasanmi? Soyani
qidira boshlaysan, boshingni gazeta bilan berkitasan yoki nimanidir kiyib olasan. To’qson
bir million ikki yuz ellik ming yil!
Shuning uchun
aziz va muhtaram birodarlarim, ro’zamizni tutaylik! Odamga o’xshab
deganda, mardlarcha, risoladagiday tutaylik, demoqchiman.
Ro’za
faqatgina oshqozon tarbiyasi, yo’qlik, ochlik, suvsizlikka chidash degani emas.
Dostları ilə paylaş: