3-Mavzu : Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


 - «Aniqlanmagan tushumlar»



Yüklə 278,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix16.12.2023
ölçüsü278,91 Kb.
#181983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
3-ма\'ruza

 
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» 
subschyoti 
041 - «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti tegishli byudjet daromadlariga 
o`tkazish yoki daromadlar tasnifining tegishli kodlariga qabul qilinishiga asos 
bo`lmagan g`azna hisobvaraqlariga kelib tushgan aniqlanmagan mablag`lar bilan 
bog`liq operasiyalar buxgalteriya hisobini olib borish uchun tayinlangan. 
 
Aniqlanmagan tushumlarning buxgalteriya hisobiga
doir ayrim operasiyalarga g`aznachilik organlarida
tuziladigan buxgalteriya provodkalari 
(1) Mazkur byudjetga Yuridik yoki jismoniy shaxslardan kelib tushgan 
aniqlanmagan tushumlar, shuningdek byudjet mablag`lari oluvchilardan ortiqcha 
yoki noto`g`ri o`tkazilgan tushumlar summasiga g`aznachilik organlarida 
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki 
Debet 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti;
Kredit 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti. 
(2) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar muayYan 
byudjetning daromadiga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik 
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 040 - «Byudjetlar daromadlari» subschyoti. 
(3) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar tegishli Yuridik 
yoki jismoniy shaxslar qaytarilganda bu qaytarilgan summaga g`aznachilik 
organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;


Kredit 010 - «Respublika byudjeti mablag`lari» subschyoti yoki 
Kredit 011 - «Mahalliy byudjet mablag`lari» subschyoti. 
(4) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar tegishli 
byudjetning kassa xarajatlarini tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga 
g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 020 – «Byudjetlar xarajatlari» subschyoti. 
(5) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlarni byudjet 
mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag`lari hisobidan 
amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan 
summaga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 029 – «Byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa 
mablag`lari hisobidan xarajatlar» subschyoti. 
(6) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlarni byudjetdan 
tashqari Pensiya fondi mablag`lari hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarini 
tiklashga o`tkazilganda bu o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida 
quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 028 - «Byudjetdan tashqari Pensiya fondi mablag`lari hisobidan 
xarajatlar» subschyoti. 
(7) Mazkur byudjetga kelib tushgan aniqlanmagan tushumlar «Byudjetga 
o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi» subschyotiga o`tkazilganda bu 
o`tkazilgan summaga g`aznachilik organlarida quyidagicha buxgalteriya 
provodkasi tuziladi: 
Debet 041- «Aniqlanmagan tushumlar» subschyoti;
Kredit 047 – «Byudjetga o`tkazilishi lozim bo`lgan mablag`lar tushumi» 
subschyoti. 

Yüklə 278,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin