Mutlaq miqdorlar ifodalanishiga qarab individual va umumiy miqdorlarga bo‘linadi.
Birinchi tur
miqdorlar boshlang‘ich hujjatlarda qayd qilinadi. To‘plam birligi va yakka (individual) miqdorlar soni bir-
biriga tengdir. Masalan, respublikadagi har bir menejer,
futbolist, har bir fermerning oladigan daromad
summasi yakka (individual) miqdorlarga misol bo‘la oladi. Ikkinchi tur, ya’ni umumiy miqdorlar to‘plam
birliklarining yig‘indisini ta’riflaydi. Oldingi misolimizdagi
barcha menejerlar, futbolistlar soni va h.k.
Umumiy mutlaq miqdorlar o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o‘zida
aks ettiradi.
Mutlaq miqdorlar natural, shartli natural va qiymat (pul) o‘lchov birliklarida ifodalanadi.
Natural o‘lchov birliklari deganda hodisalarning tabiiy va iste’mol xususiyatlariga mos keladi. Masalan,
sotilgan go‘sht – kilogrammda , suyuq mahsulotlar – litrda, poyafzal – juftda, masofa – metr yoki kilometrda
o‘lchanadi. Ayrim paytlarda bitta natural o‘lchov birligi hodisani to‘liq xarakterlay olmaydi. Shu sababli
o‘lchov birliklarining birikmasini qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, ish vaqti – kishi – soat yoki kishi-kun,
transportning bajargan ishi tonna –
kilometr, iste’mol qilingan elektr energiya kilovatt – soat va h.k. Bular
statistikada kompleks o‘lchov birliklari deb nom olgan.
Natural o‘lchov birliklarini qo‘llash ayrim paytlarda noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Masalan, ikkita
konserva zavodini olaylik. Ularni har biri 100 ming bankadan konserva ishlab chiqargan. Tashqi ko‘rinishdan
ikkala zavod bir xil ishlagan. Lekin, bizga ma’lumki, bankaning og‘irligi (ichidagi
mahsulot nazarda
tutilmoqda)
2
turlicha bo‘lishi mumkin. Konserva sanoatida shartli banka og‘irligi 353,4 sm
3
qabul qilingan.
Bizning misolimizda, birinchi zavodda bankaning og‘irligi 350 sm
3
, ikkinchi zavodda – 500 sm
3
ekanligi
aniqlandi. Bularni shartli bankalarga aylantirsak: birinchi zavod uchun uning soni (350:353,4)•100=99 mingta
kelib chiqadi. Ikkinchi zavodda (500:353,4)•100=141 mingta.
Demak, oldingi xulosa noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. Chunki, shartli natural o‘lchov birligida hisobkitobni
amalga oshirsak, ikkinchi zavod birinchi zavodga nisbatan 1,4 barobar ko‘p mahsulot ishlab chiqargan.
Shunday qilib, shartli natural o‘lchov birligi turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan
bir xil hodisalarni
umumlashtirish qudratiga ega.
Natural va shartli natural o‘lchov birliklari qanday qulay va foydali bo‘lmasin, ular mohiyati jihatdan bir
xil bo‘lmagan hodisalarni bir o‘lchovga keltira olmaydi. Ishlab chiqarilgan gazmol, ko‘mir va yog‘ning
miqdorlarini qo‘shib bo‘lmaydi. Bu tovarlar turli o‘lchov birliklarida o‘lchanadi va turli iste’mol qiymatiga
ega. Bu muammo qiymat (pul) o‘lchov birliklarini qo‘llash bilan yechiladi. Qiymat o‘lchov birligi deyilganda
har hil turdagi va turlicha iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov
birliklari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: