mavzu: statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati, tansiflari va turlari Mutloq miqdorlar



Yüklə 102,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü102,48 Kb.
#182137
1   2   3   4   5   6
5-MAVZU STATISTIK KORSATKICHLAR

 Intensivlik nisbiy miqdori 
hodisa
 
va jarayonlarning tarqalish zichligini, yoyilishini xarakterlaydi.
Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/territoriya), tug‘ilish, o‘lish, tabiiy va 
mexanik harakati ko‘rsatkichlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Taqqoslash nisbiy miqdori 
turli ob’ekt va hududlarga mansub bo‘lgan bir xil ko‘rsatkichlarning 
nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSH va O‘zbekistonda yoki O‘zbekiston va Rossiyada kishi boshiga 
iste’mol qilingan tuxum, go‘sht yoki bitta oilaga to‘g‘ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy 
miqdorlarni hisoblashni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni taqqoslama holga keltirib 
olishi kerak. Taqqoslama bo‘lishi uchun, ikki mamlakatning ko‘rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo‘yicha bir 
xil, ular yagona metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o‘lchov birliklarida keltirilgan bo‘lishi kerak, aks 
holda, ularni taqqoslash noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. 
 
 
4. Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llashning 
zaruriyati
 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qo‘llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish kerak. Mutlaq va nisbiy 
miqdorlarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori 
va razmerini ifodalaydi. Shuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlarni hisoblashda va, ayniqsa, ulardan 
foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarini va alohida 
sharoitlarini e’tiborga olish zarur. Sharoit, joy va vaqtga qarab bir xil ko‘rsatkichlar xarakteri bo‘yicha turli 
hodisalarning darajasini ifodalashi mumkin. Masalan, aksionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil oldin 
juda katta hisoblangan korxona (aksiyalar soni bo‘yicha) bugungi kunga kelib juda ham kichik korxonalar 
soniga qo‘shilishi mumkin. Yoki boshqacha bir misol. Kompaniya va firmalarni territoriyalar bo‘yicha ham 
taqqoslashda yuqoridagi muammoga to‘g‘ri kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan korxona, 
Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga qo‘shilishi mumkin.
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda, har bir aniq tekshirish uchun statistikada 
o‘rganilayotgan ko‘pchilik hodisalarni xarakteri bo‘yicha differensial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning 
to‘g‘riligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, konsern yoki xolding kompaniya bo‘yicha shartnoma 
majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda, shu kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda 
shartnomalar bajarilmaganligini kuzatish mumkin. Xuddi, shu holatni, to‘plam birliklarini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir aksiyadorga to‘g‘ri keladigan 
aksiyalar sonini viloyatlar, ayniqsa tumanlar (qishloq tumanlari) bo‘yicha olaylik. Bu yerda tebranishni 
kattaligiga hech kim shubha qilmaydi.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni taqqoslashdan oldin, ular taqqoslama holga keltirilishi kerak. Bu 
muammoni yechish, bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. Chunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga 
chiqishdan oldin, o‘z mahsulotini jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz 


o‘zbek kompaniyasining ko‘rsatkichlarini Yaponiya ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashdan oldin, taqqoslanadigan 
ko‘rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz 
kerak. Bunday ishonchni har bir kompaniya ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa 
yaxshi bo‘ladi.
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o‘tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan shunday xulosa chiqarish 
mumkin – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llash kerak.
Alohida olingan nisbiy miqdor o‘zicha o‘rganilayotgan hodisa haqida aniq tasavvur bera olmaydi (xuddi 
shu gaplarni mutlaq miqdorlar to‘g‘risida ham aytish mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so‘mga 
oshdi. Biz, bu yerda baralla aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 200000 so‘mdan 50000 
so‘mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko‘rinib turibdiki, ish haqining oshgan summasi ham, 
pasaygan summasi ham 150000 so‘mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo‘llash ham noto‘g‘ri tasavvurlarga olib keladi. Masalan, ikkita 
kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha dinamika nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham 
o‘sish sur’ati 57 foizni tashkil qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, 
agarda mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o‘tgan yili 100 ta, joriy yilda 157 mebel ishlab 
chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 ta.
Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham qo‘shimcha o‘sish sur’ati 57% 
teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab chiqarish darajasi bir foizga o‘ssa mebellar soni 1 
taga(100x0,01), ikkinchisida esa 1678 taga oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning 
hisoblanish asosi bo‘lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday statistik tekshirishni yanada 
boyitadi.

Yüklə 102,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin