mavzu: statistik ko‘rsatkichlarning mohiyati, tansiflari va turlari Mutloq miqdorlar


 Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari



Yüklə 102,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix16.12.2023
ölçüsü102,48 Kb.
#182137
1   2   3   4   5   6
5-MAVZU STATISTIK KORSATKICHLAR

3. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha, ularning ifodalanishi va turlari 
 
Mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning miqdori, hajmi, razmeri va shu kabilar bilan tekshiruvchini 
tanishtirib boradi, ular umumlashtirish qudratiga ega, lekin ular orqali hodisa va jarayonlarning rivojlanish 
darajasini, o‘zgarish intensivligini xarakterlab bo‘lmaydi. Masalan, Toshkent shahri mavjud aholisi 2014 yil 
boshiga kelib 3,1 mln.kishiga yetdi deylik. Bu mutlaq miqdor oldingi yillarga nisbatan Toshkent shahri aholisi 
ko‘payganligi yoki ozayganligi haqida bizga hech narsa ayta olmaydi va aytishi mumkin ham emas. Bu ishni 
nisbiy miqdorlar bajaradi. Ikki solishtirma mutlaq miqdorni taqqoslash natijasida olingan natijaga nisbiy 
miqdor deyiladi.
Nisbiy miqdorlarni hisoblashda kasrning sur’atida albatta, o‘rganilayotgan ko‘rsatkich joylashadi. Bu 
ko‘rsatkichni taqqoslanuvchi ko‘rsatkich deb ham atashadi. Kasrning maxrajida esa taqqoslanadigan 
ko‘rsatkich joylashadi. Mana shu maxrajning qanday birlikka tenglashtirib olinishiga qarab nisbiy miqdorlar 
koeffitsientda, foizda, promilleda va prodesimilleda ifodalanadi.
Agarda taqqoslanadigan miqdor birga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda 
ifodalanadi. Koeffitsient o‘rganilayotgan miqdor taqqoslanadiganga nisbatan necha marta katta, ko‘p yoki 
kichik ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, oziq-ovqat do‘konida juma kuni 3,60 mln. so‘mga tovarlar sotilgan ekan, 
yakshanba kuni esa – 4,32 mln.so‘mga tovarlar sotildi. Agarda, 3,60 mln. so‘mni birga teng deb qabul qilsak, 
4,32 mln. so‘m necha birlikni tashkil etadi? Javob – (4,32:3,60) =1,2 birlikni.
Demak oziq-ovqat do‘konida yakshanba kuni juma kuniga nisbatan 1,2 marta ko‘p tovarlar sotilgan.
Agar asos miqdor 100 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar foiz (%)da, 1000 ga tenglashtirilsa – 
promille (‰)da, 10000 ga tenglashtirilsa – prodesimille (‰
0
)da ifolanadi.
Nisbiy miqdorlarni ifodalashning u yoki bu shaklini ishlatish taqqoslanadigan miqdorlar orasidagi tafovut 
(farq) ga bog‘liq. Quyidagi takliflarga rioya qilgan ma’qul. Agarda taqqoslanuvchi miqdor asosdan bir necha 
marta kattaligi ko‘zga tashlansa uni koeffitsientda, kattalik ikki barobarga yetmasa foizda ifodalagan ma’qul. 
2
Амалиётда Нетто-Брутто, идиш иборалар ишлатилади.Нетто билан бруттони фарқи 
идиш(тара) вазнини беради


Masalan, 400 yoki 628 foiz oshgan deyilgandan ko‘ra 4,0 yoki 6,3 marta oshgan yoki 1,17 marta emas, balki 
17 foizga oshgan degan so‘zlarni ishlatsak hammaga tushunarli bo‘ladi.
Shunday o‘zaro taqqoslanadigan hodisalar borki, ular orasidagi farq katta yoki juda ham katta. Masalan, 
tug‘ilganlar yoki o‘lganlar soni bilan aholi umumiy sonini taqqoslash. Tug‘ilgan bolalar sonini aholining 
o‘rtacha soniga bo‘linsa, kelib chiqqan natija hech qaday mazmunga ega bo‘lmaydi. Masalan “A”shahar aholisi 
300000 kishini tashkil qiladi. Yil davomida shaharda 1700 bola tug‘ilgan. Bu yerdan, shahar aholisi birga teng 
deb olinsa va 1700 ni 300000 ga bo‘lsak 0,00567 natijaga ega bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkichni mazmunan tahlil 
qiladigan bo‘lsak, shaharda har bir kishiga o‘rtacha 0,00567 ta bola tug‘ilgan. Olingan natijada hech qanday 
mazmun yo‘q. Agarda asosni 1000 ga tenglashtirib oldingi operatsiyani [(1700:300000)•1000 = 5,67‰] 
bajarsak, olingan natija promilleda o‘lchanadi. Bizni misolimizda u 5,67 ‰ ga teng. Bu degani “A” shaharda 
har ming kishiga o‘rtacha 5,67 bola tug‘ilgan. Bu so‘zda mazmun bor.
Yuqorida ta’kidlanganidek, taqqoslanadigan hodisalar o‘rtasidagi farq juda ham katta bo‘lishi mumkin. 
Masalan, genekolog vrachlar bilan aholi soni o‘rtasida. Agar bularni taqqoslamoqchi bo‘lsak asosni 10000 ga 
teng deb olamiz. Vrach ginekologlar sonini aholi soniga bo‘lib olgan natijani 10000 ga ko‘paytirsak, faraz 
qilaylik, 2 kelib chiqdi (ya’ni 2‰
0
). Demak, har 10000 kishiga 2 ta ginekolog vrach to‘g‘ri keladi.
Nisbiy miqdorlar qaysi shaklda ifodalanmasin, ularni hisoblashdan oldin tekshiruvchida taqqoslanadigan 
ko‘rsatkichilar solishtirma holatida ekanligi haqida hech qanday gumon bo‘lmasligi kerak. Agarda 
ko‘rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi, ular keltirilgan vaqtning uzun – qisqaligi, ma’lumotlarni yig‘ish va 
qayta ishlash usullari bir xilda bo‘lmasa, ularni taqqoslash mumkin emas.
Statistikada nisbiy miqdorlarning bir qancha turlari qo‘llaniladi. Ular o‘zining bilish mohiyatiga qarab 
shartnoma majburiyatining bajarilishi, dinamika, tuzilmaviy (struktura), koordinatsiya, intensivlik va 
taqqoslash nisbiy miqdorlariga bo‘linadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma majburiyatlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Shartnoma 
majburiyatlarini bajarmaslik korxona va tashkilot uchun ko‘p yillar mobaynida va turli qiyinchiliklar bilan 
erishilgan imidj(obro‘)ini yo‘qotishga olib keladi. Shu munosabat bilan shartnoma majburiyatlarini bajarish 
ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shartnoma majburiyati bajarilishi nisbiy miqdori haqiqiy bajarilgan ko‘rsatkich hajmini shartnomada 
ko‘rsatilgan majburiyatlar hajmiga nisbati bilan taqqoslanib aniqlanadi.
ShMBNM
= (haqiqiy daraja/shartnomada ko‘rsatilgan daraja)
100
Misol. Konditer fabrikasi va supermarket o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, konditer fabrikasi 
supermarketga 1 chorakda 12 tonna shokolad, 9 tonna karamel yetkazib berishi kerak. Haqiqatda yetkazib 
berilgan mahsulot tegishli ravishda 10 va 11 tonnani tashkil qilgan. Bu yerdan, ShMBNM:
Shokoladbuyicha
83,3% 
yoki 
( 16,7%)
Karamel buyicha
122,2% 
yoki 
( 22,2%)
9
Olingan natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, konditer fabrikasi o‘z majburiyatini shokolad yetkazib berish 
bo‘yicha 16,7% ga bajarmagan, karamel bo‘yicha esa 22,2% ga oshirib bajargan.

Yüklə 102,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin