Raqamli iqtisodiyotida respublika bank tizimini


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 84,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix16.12.2023
ölçüsü84,49 Kb.
#182178
1   2   3   4   5   6   7   8
41-48

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-28, Issue-1, February - 2023
 
42
aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar 
salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan 
bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.Ayniqsa, bu – transport, 
savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz 
qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron 
segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini 
ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib 
boradi.Shubhasiz, raqamli 
iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot 
texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik 
muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart 
iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga 
tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday 
muhim o‘rin tutishini bildiradi. 
Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda yaralmoqda
Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun 
IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda 
yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda. 
Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, 
nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq 
bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur 
hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, 
biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni boshdan 
kechiradi. 
Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga bosqichma-bosqich 
chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko‘rsatilmoqda: 
axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni 
integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq 
etish; 
yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz 
avtomobillar va boshqalar singari); 
o‘ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni 
barpo etishga oid g‘oyalarni amalga oshirish; 
autsorsing, o‘zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini 
keng targ‘ib qilish; 
muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat 
qiladigan professional tarmoqlarni yaratish. 
Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va 
elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida 
xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar 



Yüklə 84,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin