Xalq ta‟limi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va o„qituvchilar
uchun metodik qo„llanmalarning yagona maketlarini yaratadi;
yaratilgan darsliklar va o„qituvchilar uchun metodik qo„llanmalarni ekspertizadan o„tkazadi, ularni
ta‟lim tizimida qo„llash bo„yicha xulosa beradi;
o„quv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va o„qituvchilar uchun metodik qo„llanmalarni tajriba-
sinovdan o„tkazish ishlariga rahbarlik qiladi;
mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo„yicha o„qituvchilarning tegishli ko„nikmalariga
ega bo„lishlari uchun o„quvlar tashkil qilib boradi;
fanlarni o„qitish metodikasi va o„quvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab
chiqadi, shuningdek, ta‟lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o„qitishning
fanlararo
yondashuvini joriy qiladi va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida
ommalashtiradi;
umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida o„qitiladigan fanlarni, ayniqsa, birinchi bosqichda matematika,
informatika, kimyo, biologiya va o„zbek tili (ona tili va davlat tili sifatida) fanlari uchun o„quv-metodik
ta‟minotni yaxshilash hamda darsliklarning sifatli tayyorlanishini ta‟minlaydi;
o„quv-tarbiya jarayoniga
“STEAM”
fanlarini
(Science — tabiiy fanlar, Technology —
texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics— matematika
) o„qitish
bo„yicha ilg„or pedagogik texnologiyalar va boshqa maqbul metodikalarni joriy etadi;
fan o„qituvchilariga xalqaro va milliy sertifikat olishlari uchun tegishli
metodik yordamlarni
ko„rsatib boradi;
Xalq ta‟limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida Pedagoglarni
yangi metodikalarga o„rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko„rsatish bo„limlari fan metodistlari
faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va ularning reytingini shakllantirib boradi;
fan metodistlarining asosiy ish faoliyati samaradorligining ko„rsatkichlarini ishlab chiqadi va xalq
ta‟limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishini ta‟minlaydi;
metodistlar uchun natijadorlikka qarab ishlaydigan tizim yaratish, bunda,
Dostları ilə paylaş: