“metodik xizmat xaritasi” ni ishlab chiqish va yangi platformaga joylashtirish orqali metodistlarning ish samaradorligini
oshirib borish choralarini ko„radi;
o„qituvchilarning ilg„or tajribasi va faoliyati davomida qo„llab kelayotgan metodikalarini
ommalashtirish tartibini maxsus platforma orqali amalga oshiradi;
xalqaro ta‟lim dasturlarining umumiy o„rta ta‟lim maktablariga joriy etilishini ta‟minlaydi;
“Ustozlar milliy forumi” orqali o„qituvchilarning o„tgan o„quv yili yakunlari va yangi o„quv yili
oldidan ta‟lim dasturlaridagi o„zgarishlar va yangiliklarni keng ommaga tushuntirish ishlarini olib boradi;
ta‟lim sifati yuqori bo„lmagan maktablarga manzilli metodik yordam berib borish bo„yicha
“Metodik-tur” tartibi ishlab chiqiladi va yangi tizimi yaratiladi;
metodik xizmat ko„rsatish bo„limlari tomonidan Respublika ta‟lim markazining maxsus dasturi,
shuningdek, ishlab chiqilgan yangi maktab darsliklari va o„quv qo„llanmalari asosida umumiy o„rta ta‟lim
muassasalari o„qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi;
Respublika ta‟lim markazida o„qituvchilarni yangi metodikalar, xalqaro tajribalar asosida dars
o„tishga o„rgatish bo„yicha umumiy o„rta ta‟lim maktabi direktorining o„quv ishlari bo„yicha o„rinbosarlari
va fan metodistlari uchun maxsus onlayn kurslar tashkil qiladi;
metodik xizmat ko„rsatish ishlari samaradorligini oshirish va pedagog xodimlarga yangi
metodikalarni o„rgatib borish maqsadida Respublika ta‟lim markazining
Ilmiy-metodik kengashida har chorakda bir marta onlayn yoki oflayn tarzda respublika miqyosida
Metodik kengash yig„ilishlarini o„tkazib boradi.
14.
Fan o„qituvchilari mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalari (“Khan Academy O„zbek -
Onlayn ta‟lim platformasi”, online-maktab.uz, rtm.uz, ommalashtirish.uz va boshqalar)dan foydalanadi.
Fan o„qituvchilari tomonidan mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalaridan foydalanish darajasi va
uning samaradorligi