Ushbu topshiriq soʻzlarning oʻz va koʻchma maʼnolarini farqlab, maʼnosiga
mos kontekstda qoʻllay olishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan soʻzlarni maʼnosini
tushunib, oʻz va koʻchma maʼnoda qoʻllab, gap tuzib yozishlari lozim.
Masalan, koʻzga koʻrinmoq: bogʻdagi gullar bir xil rangda koʻzga
koʻrinadi(oʻz, koʻz bilan koʻrmoq); Asilaxon koʻzga koʻrinadigan qiz boʻlib
qolibdi(koʻchma, eʼtiborga tushgan).
Uyga vazifa.
Leksikologiya.
Badiiy kitoblardan iboralar qoʻllangan gaplarni aniqlab, namunadagidek
yozing.
Mazkur topshiriq maʼlumot toʻplash hamda iboralarning kontekstdagi
maʼnosini izohlashga qaratilgan. Oʻquvchilar badiiy asarlardan iboralar qoʻllangan
gapni aniqlab, namunadagidek tahlil qilib yozishlari lozim.
4-soat
Dars jarayoni
Kirish.
Ayting-chi, kun davomida koʻzingiz nimadan charchaydi deb oʻylaysiz?
Asosiy qism.
Oʻqib tushunish.
Matnni diqqat bilan oʻqing va savollarga javob bering.
Matn: “Bolalar televizorni qancha vaqt koʻrishlari mumkin?”
Manba: “Bola odobi bilan aziz” kitobidan.
Oʻquvchilar matnlarni oʻqib chiqqanlaridan soʻng matn ostidagi savollar bilan
suhbat boshlanadi.
Muhokama.
Matn yuzasidan berilgan savollar matnda eksplitsit ifodalangan maʼlumotni
topishga hamda matndagi maʼlumotlarni oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida taqqoslab,
munosabat bildirishga qaratilgan. Savollarga oʻquvchilarning javob tinglanadi.
Matndagi soʻzlarning kontekstual maʼnosi izohlab beriladi.
Tahlil.
Dostları ilə paylaş: