Uyga vazifa.
Leksikologiya. Sintaksis.
Iboralar lugʻatidan oʻzingizga yoqqan 6 tasini yozib oling. Ular ishtirokida
gaplar tuzib, yozing.
Ushbu topshiriq iboralar maʼnosini tushunish
hamda uni mos kontekstda
qoʻllash koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilarga
topshiriq sharti
hamda iboralar lugʻatidan foydalanish tartibi tushuntirilishi maqsadga muvofiq.
Yozma nutq. Matn yaratish.
Rasm asosida bogʻlanishli matn tuzing.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning berilgan
tasvirini tushunish hamda u
asosida matn yaratish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Bunda oʻquvchilarga rasm bilan bogʻliq, matnda uchrashi mumkin boʻlgan
ayrim atamalar yodga solinishi, bogʻlanishli nutq yaratish va unda qoʻllaniluvchi
vositalarga oid tavsiyalar berilishi maqsadga muvofiq.
QLED – yorugʻlik chiqaradigan nuqta.