Tasvir aniqligini taʼminlovchi qism
Televizor koʻrish meʼyori
Rangli televizorning afzalliklari
Foydali mashgʻulotlar
Yozma nutq.
Koʻzga ziyon keltiruvchi yana qanday odatlarni bilasiz? Ularni yozing.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matndan olgan
xulosalarini aniqlashga
qaratilgan. Oʻquvchilar oʻz shaxsiy
kuzatishlari asosida
telefon, kompyuter
kabi
qurilmalardan meʼyoridan ortiq foydalanish koʻz
uchun ziyonligini izohlab
yozishlari lozim.
Ogʻzaki nutq.
Quyida berilgan jadvalni toʻldiring. Ushbu jadval yordamida oila aʼzolaringiz
bilan bir kunlik televizorni koʻrish meʼyorlari haqida suhbatlashing.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning soʻrovnoma oʻtkazish, maʼlumot toʻplash,
natijalarni tahlil qilish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar
berilgan
jadval bilan tanishib, undagi maʼlumotlar asosida oila aʼzolari haqida
maʼlumot yozishlari, soʻngra natijalarni matn bilan taqqoslashlari lozim.
Morfologiya.
Matnda qoʻllangan feʼllarning zamoni va shaxs-sonini aniqlang.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni lingvistik tahlil qilish koʻnikmasini
shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar matn tarkibidan feʼl zamonlari va ularning
qaysi shaxs-sonda
ekanligini aniqlab, yozishlari lozim.
Dastlab oʻquvchilar bilan feʼl, uning zamon va
shaxs-son kategoriyalarini
takrorlab olish uchun savol-javob oʻtkazish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: