Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadi


Matnda koʻzga qanday taʼriflar berilgan? Qosh, kipriklarga-chi? Siz



Yüklə 234,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix16.12.2023
ölçüsü234,49 Kb.
#182868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6. Ko\'z nurini asraylik OʻK

1. Matnda koʻzga qanday taʼriflar berilgan? Qosh, kipriklarga-chi? Siz
qanday taʼriflagan boʻlardingiz?
Bu savol matnda muallif qoʻllagan til birliklarini tushunishga qaratilgan. 
Oʻquvchilar matn tarkibidan 
koʻz – jajji yordamchilar, qosh va kipriklar – 
himoyachi 
deyilgani hamda nima uchun shunday taʼrif berilganligini tushunib aytib 
berishi lozim. 
2. Koʻz qorachigʻi nima? Uning koʻrish jarayonidagi oʻrni qanday? 


Koʻz qorachigʻiga berilgan taʼrifdan soʻng uning koʻrish jarayonidagi vazifasi 
tushuntiriladi. Nima uchun unga shunday nom berilganligi haqida qoʻshimcha 
savollar bilan murojaat etish mumkin.
3. Qosh va kipriklar qanday vazifani bajaradi?
Bu matnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotni topishga qaratilgan. 
Oʻquvchilar matndan ushbu oʻrinni aniqlab, aytib bera olishlari lozim. Bu jarayonda 
oʻquvchilardan qosh va kipriklarni nimaga oʻxshatish mumkinligi va nima uchun 
shunday oʻxshatishlari soʻraladi. 
4. Odamlar nima uchun koʻzoynakdan foydalanishadi? 
Bu savol oʻquvchilarning oʻz shaxsiy kuzatishlari asosida javob berishiga 
qaratilgan. Bunda koʻzoynak va uning ahamiyati haqida soʻraladi, shu oʻrinda ushbu 
buyumning nima uchun shunday atalganligi izohlanishi, u qanday soʻzlarning oʻzaro 
qoʻshilmasidan hosil boʻlganligi, ushbu soʻzlarning tanlanish sabablari haqida 
suhbat olib borilishi lozim. 
5. Koʻzga oid qaysi maʼlumot sizni hayron qoldirdi? Nima uchun?
Oʻquvchilar qiziqarli maʼlumotlar orasidan oʻzlarini hayron qoldirgan 
maʼlumotni aytishlari hamda qaysi jihati hayratga solganligini izohlab bera olishlari 
lozim. 
Morfologiya. 
Matnda ajratib koʻrsatilgan olmoshlarni ular ishora qilayotgan birliklar bilan 
birga koʻchiring.
 
Ushbu topshiriq matnda qoʻllangan koʻrsatish olmoshlari hamda ularning 
gapdagi vazifasini aniqlashga qaratilgan. Oʻquvchilar matn tarkibidan koʻrsatish 
olmoshi qoʻllangan gaplarini oʻzi ishora qilgan birlik bilan birgalikda 
namunadagidek koʻchirib yozishi lozim.
Bu jarayonda oʻquvchilarga olmosh bir soʻzgagina emas, balkim soʻz 
birikmasi, gap, hatto matnga ham ishora qilishi mumkinligini anglab olishi uchun 
qoʻshimcha savollar bilan murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Yüklə 234,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin