Mazkur topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar jadvalning birinchi ustunidagi soʻzlarni ikkinchi ustundagi soʻzlar bilan
oʻzaro moslashtirib yozishlari lozim. Soʻngra oʻqituvchi tomonidan hosil boʻlgan
birikmalar qanday vaziyatda qoʻllanishi, qanday maʼnolarni anglatishi, soʻzlarning
koʻchma maʼnoda qoʻllanishi savol-javoblar asosida tushuntirilishi maqsadga
muvofiq. Oʻquvchilarda mazkur birliklar haqida tushuncha hosil boʻlgandan soʻng
ushbu birikmalar ishtirokida gaplar tuzishi aytiladi.
Javob:
•
koʻzdek qoʻshni;
•
koʻzyoshidek tiniq koʻl;
•
koʻz tashlamoq;
•
koʻz qorachigʻidek asramoq;
•
koʻzi ochilmoq;
•
koʻzi ilinmoq.
Uyga vazifa.
Leksikologiya.
Quyidagi iboralar maʼnosini lugʻatlardan, oila aʼzolaringizdan aniqlab,
yozing. Qanday vaziyatlarda qoʻllanishini bilib oling.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar berilgan iboralarning maʼnosi bilan tanishib, uni qanday vaziyatlarda
qoʻllash mumkinligini tushunishlari lozim. Bunda oʻquvchilarga bir iboraning
maʼnosi va uni qoʻllashga oid vaziyat tushuntirib, izohlab berilishi maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: