1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Ethernet texnologiyasi. 


Hozirda ko‘pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi Ethernet texnologiyasi 
bo‘yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet texnologiyasini farq qiluvchi 
xususiyati uni ikkita sath bo‘yicha ajratishdir: muhitga ulanish bilan boshqarish 
(Media Access Control, MAC) va logik kanal bilan boshqarish (Logical Link 
Control, LLC). MAC sathi muhitga ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi 
stansiyalar adresini aniqlaydi, shuningdek fizik muhitni birgalikda qo‘llanilish 
vazifasini qo‘llaydi. LLC sathi quyidagi xizmatlarni qo‘llaydi: 
-
ulanishni o‘rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko‘rsatish; 
-
ulanishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish; 
-
ulanishni o‘rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko‘rsatish. 
Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish hisoblanadi. 
Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha kamaytirish imkonini 
beruvchi afzallik hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda o‘ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik sathda 
DWDM texnologiyasini qo‘llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet texnologiyasi 
zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq texnologiyasi tarkibiga 
kirgan. OTO‘B/OSI modelida GE standarti kanal va fizik sathga mos keladi. 
Ethernet ustidan ovoz, ma’lumotlar, videoni uzatish mumkin. Ko‘p adresli 
texnologiya har bir foydalanuvchiga chegaralanmagan sondagi televizion va 
telefon kanallarni yetkazish imkoniga ega, ma’lumotlar uzatish muhitining tezligi 
sekundiga yuz megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga 
ulanish imkonini ta’minlaydi. 
 


 
 
2.14-rasm. Ethernet texnologiyasining rivojlanish bosqichlari 
12-
Maruza. Mavzu:
MPLS asosidagi Multimediali aloqa tarmog‘ining transport 
telekommunikatsiya texnologiyalari. 
Zamonaviy tarmoq infratuzilmasini qurishning istiqbolli yo‘nalishlaridan 
biri axborotni uzatish muhitlari va tizimlarining turli xil ko‘rinishlarini 
birlashtirishga imkon beruvchi yuqori tezlikli magistral tarmog‘ini va yagona 


signalizatsiya tizimini tashkil etish uchun optik texnologiyalardan foydalanish 
hisoblanadi. Bunday birlashtiruvchi texnologiya sifatida hozirgi vaqtda 
“Multiprotokol Label Switching - MPLS” (belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli 
kommutatsiyalash) telekommunikatsiya texnologiyasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur 
texnologiya IP-paketlarni ilgari surishni tezlashtirishga, trafikni boshqarish va 
ATM tarmoqlarida qo‘llaniladigan xizmat ko‘rsatish sifatini saqlab qolish 
mexanizmlari yordamida IP-tarmoqlar uchun xos moslashuvchanlikni saqlab 
qolishga urinishdan iborat. MPLS texnologiyasini joriy qilish IP-over-ATM 
arxitekturasiga tegishli bo‘lgan barcha yaxshi xususiyatlarni (samarali 
multipleksorlash va trafikning moslashuvchanligi, yuqori unumdorlik) saqlab 
qolishga imkon beradi va shu bilan birga u tarmoqlarning miqyosini yanada 
qo‘proq orttiradi, ularni qurishni va foydalanishni soddalashtiradi. Shunisi ham 
muhimki, MPLS faqat ATM bilangina qo‘llanilmasdan, balki kanal darajasidagi 
istalgan boshqa texnologiya bilan birga qo‘llanilishi mumkin. MPLS texnologiyasi 
X.25, Frame Relay tarmoqlarida qo‘llaniladigan virtual kanallar konsepsiyasini 
rivojlantiradi, bunda uni IP tarmoqlarni marshrutlashtirish protokollari yordamida 
olinadigan topologiya va joriy yuklanish to‘g‘risidagi axborot asosida yo‘llarni 
tanlash texnikasi bilan birlashtiradi. Bu SDH/WDM yoki IP/WDM texnologiyalari 
asosida 
Internet 
tolali-optik 
magistrallarini keyingi avlodiga o‘tishni 
soddalashtiradi.
MPLS - bu belgilardan foydalanishga asoslangan ko‘p protokolli 
tarmoqlarda paketlarning tez kommutatsiya qilish texnologiyasidir. MPLS o‘zida 
kanal darajasidagi texnologiyalar uchun xos bo‘lgan trafikni boshqarishni, tarmoq 
darajasidagi 
protokollarning 
miqyosliligi 
va 
moslashuvchanligini 
mujassamlashtirgan. 
Texnologiyalarning nomidagi “ko‘p protokollilik” shuni anglatadiki, MPLS 
– inkapsulyatsiyalovchi protokol va boshqa protokollar to‘plamini tashishi mumkin 
(2.15-rasm). Bugungi kunda Internet provayderlar qatoridagi tarmoqlar ko‘p sathli 
model asosida tuzilgan, ya’ni mantiqiy marshrutlanuvchi IP–tarmoq ikkinchi 
sathning kommutatsiyalanuvchi topologiyasi (ATM yoki Frame Relay) ustida 


ishlaydi. Ikkinchi sathning kommutatorlari yuqori tezlikda ulanishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, MPLS - bu Internet tarmog‘ini evolyutsion rivojlantirish yo‘lida 
uning infratuzilmasini ikkinchi (kommutatsiya) va uchinchi (marshrutlashtirish) 
sathlari vazifalari integratsiyasi yo‘li bilan soddalashtirish tomoniga qo‘yilgan 
qadamlardan biridir. 
2.15-rasm. IP-tarmoqlarda MPLS texnologiyasi va OSI/ISO modeli 
MPLS texnologiyasi spesifikatsiyasida oqimlarni tashish va ularni 
boshqarish vazifalarini ajratish prinsipini asos qilib olinadi. Boshqaruvchi 
komponentlarni jo‘natuvchidan ajratish, ulardan har birini mustaqil ishlab chiqish 
va modifikatsiyalash imkonini beradi. Tabiiy majburiy talab shundan iboratki
bunda boshqariladigan komponentni uzatib beruvchi, komponentga axborotli 
paketlarni jo‘natish jadvali orqali uzatishi mumkin bo‘lsin. Boshqariladigan 
komponentning boshqa marshrutizatorlar bilan axborot almashishi uchun 
marshrutlashtirishning standart protokollarini (JCPF, IS-IS, BGP-4) ishga 
tushiradi. Shu axborot asosida avval marshrutlashtirish jadvali, keyin esa har bir 
interfeysdagi qo‘shni tizimlar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda 
paketlarni jo‘natish jadvali shakllantiriladi va modifikatsiyalanadi. Tizim yangi 
paketni olganda jo‘natuvchi komponentni, uning sarlavhasidagi axborotni tahlil 
qiladi, jo‘natish jadvalidagi tegishli yozuvni izlaydi va paketni chiqish interfeysiga 


yo‘naltiradi. Deyarli barcha ko‘p sathli kommutatsiya tizimlarining jo‘natuvchi 
komponenti, shu jumladan, MPLS ham paketlarning ketma-ket belgilaridan 
foydalanishga asoslangan. Belgi – bu paket sarlavhasida qayd qilingan uzunlikdagi 
qisqa maydondir. 
MPLS yordamida quyidagi masalalarni hal etish mumkin: 
-
ATM va Fram Relay-ni IP bilan integratsiyasini; 
-
operator tarmog‘i ichida paketlarni eng qisqa an’anaviy marshrutlar 
bo‘yicha tezkor siljitish; 
-
virtual xususiy tarmoqlarni (VPN) yaratish; 
-
resurslarning (Traffic Engineering, TE) yuklanishini hisobga olgan holda 
yo‘nalishlarni tanlash va o‘rnatish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin