1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirish. 
Multimediali aloqa tarmoqlari ko‘p miqdordagi abonentlarni IP-telefoniya, 
eshittirish, audio va video dasturlar, talab bo‘yicha televideniya kabi turli xil 
multimediali xizmatlarga haqiqiy vaqt miqyosida ulanishini ta’minlaydi. 
Kommunikatsiya qurilmalarni ishlab chiqarilishini tez o‘sishi, bu tarmoqlarda 


haqiqiy vaqt miqyosida multimediali ma’lumotlarni uzatish uchun TCP/IP 
protokolidan foydalanish imkonini beradi.
Multimediali xizmatlarni taqdim etish sifati, ma’lumotlarni uzatishda 
kechikishlarga va xizmatni taqdim etuvchi axborot serveri bilan abonent 
o‘rtasidagi dispersiyaga sezgirdir. Lokal IP-tarmoqda o‘rnatilgan transport ulanishi 
bo‘yicha video trafikni uzatishda, xizmat ko‘rsatish sifati QoS parametrlarini 
baholash uchun quyida keltirilgan modelni ko‘rib chiqamiz. Bu model katta 
o‘lchamdagi bir jinsli bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish, berk 
telekommunikatsiya tarmoqlarini tahliliy modellash usuliga asoslanadi. U 
quyidagilarga imkon beradi: 
-
yanada yuqori adekvatlik darajasi bilan telekommunikatsiya tarmog‘ining 
faoliyat ko‘rsatishining eng muhim tomonlarini aks ettirish; 
-
telekommunikatsiya tarmog‘ining ehtimoliy-vaqtli xarateristikalarini 
(EVX) keng to‘plamini baholash, shu jumladan tadqiq etilayotgan 
transport ulanishlarining QoS parametrlarini baholash. 
Konseptual model. 
Videodasturlarni mahalliy IP-tarmog‘i orqali uzatish jarayonini ko‘rib 
chiqamiz. Tarmoqning kommutatsiyalash muhiti (7.1-rasm) odatdagi besh qavatli 
uyning tarmog‘iga ulanish uchun eng ma’qul bo‘lgan, GISCO firmasining 
masalan, Catalysi 351 2XI (yoki Catalysi 352 4XI yoki Catalysi 354 8XI) faol 
kommutatori asosida tashkil etilgan. Abonentning shaxsiy kompyuteri asosida 
tashkil etilgan ishchi stansiya, kommutatorga IFFF 8023.34 standartiga muvofiq 
Fast Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port orqali ma’lumotlarni maksimal 
uzatish tezligi 100 Mbit/s ni tashkil etadi. Axborot serveri kommutatorga IFFF 
8023.37 standartiga muvofiq Gigabit Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port 
orqali maksimal uzatish tezligi 1000 Mbit/s ni tashkil etadi. 
Faraz qilaylik, tarmoq abonentlari buyurtma qilingan video dasturlarni qabul 
qilish uchun axborot serveridan foydalanadilar. Shu maqsadda ular server bilan 
ulanishni o‘rnatadilar. Budjet identifikatsiya qilinganidan va tekshirilganidan 
so‘ng, ularni qiziqtiruvchi video dasturlar tanlab olinadi va ularni o‘z ishchi 


stansiyalarida haqiqiy vaqt masshtabida ko‘rishni boshlaydilar. Faraz qilaylik, 
ma’lum bir vaqtda abonent bir paytda server bilan TCP-transport ulanishni 
o‘rnatishdi va tanlangan dasturlarni ko‘rishmoqda, deylik. 
7.1-rasm. Talab bo‘yicha videoxizmatni taqdim etish uchun telekommunikatsiya 
tizimining tuzilishi 
Tarmoqda shunday topologiya bilan bunday xizmatni taqdim etish sifati 
parametrlarini baholash uchun model ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagi 
parametrlar sinfini hisobga oladi: 
-
axborot yuklanishi parametrlar; 
-
texnik parametrlar;
-
dasturiy parametrlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin