1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Jo‘natuvchining o‘zini tutishi. 
Jo‘natuvchi multimedia oqimlarini 
sinxronizatsiyalash jarayonida, umumiy va oqim vaqtini muvofiqlashtirish 
to‘g‘risida RTCP paketlari orqali davriy xabardor qilish va umumiy sathni ishga 
tushirish yo‘li bilan yordam beradi. Umumiy soat o‘zgarmas tezlikda yuradi, qabul 


qiluvchiga 
esa 
5.6-rasmda 
ko‘rsatilganidek, 
oqimlardagi 
tezliklarni 
tenglashtirishga yordam beruvchi axborot beriladi. 
Umumiy va oqim vaqti orasidagi muvofiqlik RTCP paketini shakllantirish 
vaqtida aniqlanadi. Umumiy Treference vaqti RTP paketining vaqt belgisida aks 
ettiriladi: 
TRTP = Treference∙ Raudio + Oaudio 
Bunday soatlarning siljishini (surilishiini) hosil qilamiz: 
Oaudio = Taudio – (Tailable – Daudio_capture) ∙ Raudio. 
Tavailable

operatsion tizimdagi kechikishlar bilan, Daidio_capture esa 
ma’lumotlarni kechikish jarayonining davomiyligi bilan aniqlanadi. 5.7-rasmda 
multimedia oqimlari turli xil manbalardan olingan holatdagi soatlarni 
sinxronizatsiyalash zarurati keltirilgan. 
5.7- rasm.
Umumiy soat bo‘yicha vaqtni tenglashtirish 


Sinxronizatsiyaning yana bir muammosi - sinxronizatsiya qo‘llanilishi kerak 
bo‘lgan oqimlarni identifikatsiya qilishdir. Bu masalani RTP bog‘langan 
manbalarga umumiy nomlar (CNAME) berish yo‘li bilan hal qiladi, shuning uchun 
qabul qiluvchi bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan oqimlarni farq qiladi. 
23-
Maruza. Mavzu:
Multimediyali aloqa tarmoqlarini boshqarish. 
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi asosiy modellardan 
biri M.3000-M.3100 seriyasidagi ITU-T tavsiyalarida batafsil tavsiflangan, 
Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmoqlari (Telecommunication Management 
Network, TMN) modeli hisoblanadi. 
ITU-T ta’rifiga ko‘ra, TMN o’zida bir necha nuqtalarda bitta yoki juda ko‘p 
sondagi aloqa tarmoqlari interfeyslariga ega bo’lgan alohida tarmoqni ifodalaydi, 
bu tarmoqlar bilan axborot almashadi va ularning faoliyatini boshqaradi. TMNni 
aloqa tarmoqlaridan ajratish jismoniy yoki mantiqiy sathda amalga oshiriladi. 
Keyingi holatda TMN boshqarilayotgan tarmoqning infratuzilmasidan qisman 
foydalanishi mumkin. TMN tasniflarida boshqariluvchi resurslar umumiy “tarmoq 
elementlari” nomiga ega (Network, Element, NE). Boshqarish vazifalari amallarni 
ta’minlash tizimi (Operations Support System, OSS) zimmasiga yuklangan. 
TMNni har biri telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishning o‘z jihatini 
ifodalaydigan uchta arxitekturadan fodalanib tavsiflash mumkin. 
Uchta arxitekturadan birinchisi – funksional arxitektura – funksional bloklar 
deb ataluvchi atamalarda TMN tarmog‘idagi funksional imkoniyatlarning 
taqsimlanishini tavsiflaydi. Har bir blok aniq turdagi tarmoq resurslari uchun 
aniqlangan, boshqaruvchi funksiyalar guruhini ifodalaydi. 
TMN aritekturasida funksional bloklarning besh turi keltirilgan: 
-
tarmoq elementlarining vazifalari (Network Element Function, NEF): 
foydalanuvchi va aloqa tarmog‘i bilan ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan 
tayanch telekommunikatsiya funksiyalar (TMN tasniflarida aniqlashtirilmaydi) va 
tarmoq elementiga agent sifatida ishtirok etishga imkon beruvchi boshqaruv 
funksiyalari; 


-
operatsiyalarni ta’minlash tizimining vazifalari (Operation Support Sustem 
Functions, OSSF), ma’muriylashtirish jarayonini tashabbusini ta’minlaydi, aloqa 
tarmog‘ini turli vazifalarini muvofiqlashtirish va monitoring maqsadida, shu 
jumladan TMNning o‘zi bajaradigan boshqarish masalalarini xizmatchi 
axborotlarni qayta ishlashni ta’minlaydi. “Menedjer-agent” boshqaruv modelida 
ular menedjerning roliga mos keladi; 
-
ishchi stansiyaning vazifalari (Workstation Functions, WSF), tarmoq 
foydalanuvchilari uchun, xususan tarmoqdan foydalanuvchilar uchun qulay 
ko‘rinishda boshqaruvchi axborotni taqdim etish uchun javob beradi; 
-
Q-adapterning 
vazifalari 
(Q-Adapter 
Funkctions, 
QAF), 
tarmoq 
resurslarini TMN bilan bog‘lash imkonini beradi; 
-
vositachilik vazifalari (Monition Function, MF): NEF (yoki QAF) va 
OSSF bloklari orasida axborot almashish. MFni bitta bloki Q-adapteri yoki bir 
nechta tarmoq elementlari bilan amallarni ta’minlash tizimini ulashi mumkin. 
TMNning fizik arxitekturasida bloklarning olti turi keltirilgan: 
-
Tarmoq elementi (Network Element, NE), NEFning vazifalarini bajaradi. 
Shuningdek u funksiyalarning boshqa bloklaridan istagan to‘plamini ham bajarishi 
mumkin. 
-
Vositachilik qurilmasi (Mediation Device, MD), operatsiyalarni 
ta’minlash tizimining mos axborot modeli interfeyslari va TMN mahalliy 
interfeyslar orasida oraliq bo‘g‘in hisoblanadi. Shuningdek u Q-adapter, OSS va 
ishchi stansiya vazifalarining bir qismini bajarishi mumkin. 
-
Q-adapter (Q-adapter, QA), TMN tarmog‘ining chegarasida uning 
boshqariluvchi tarmoq yoki boshqa boshqarish tizimlari bilan ulanishida vositachi 
vazifalarini amalga oshiradi. MDdan farqli ravishda, Q-adapter TMN ichida 
tutashtirish uchun qo‘llanilmaydi. 
-
Operatsiyalarni ta’minlash tizimi (Operation Support Sustem, OSS), OSSF 
guruhining vazifalari uchun javob beradi. Shuningdek u vositachilik (MF), 
tutashtirish (QAF) vazifalarini va ishchi stansiya vazifalarini (WSF) bajaradi. 
-
Ishchi stansiya (Work station, WS). 


-
Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i (Data Network, PN). 
Axborot arxitekturasi, TMN funksional bloklari orasida boshqaruvchi 
axborotlarni uzatish algoritmlarini aniqlaydi, ular OTO‘B modelidan ikkita muhim 
elementni meros qilib olishgan: ob’ektli mo‘ljal olish va “menedjer-agent” 
arxitekturasi. 
TMNda 
nazarda 
tutilgan, 
taqsimlangan 
boshqaruvchi 
ilovalar 
vazifalarining menedjer va agentga bo‘linishi, OSI standartini ta’minlovchi 
ma’muriylashtirish tizimlarida keng foydalaniladigan tamoyilni deyarli 
o‘zgarishsiz takrorlaydi. TMN funksional bloki bir paytda bitta boshqaruvchi 
komponentga (management entity) nisbatan menedjer rolida va boshqasiga 
nisbatan agent tarzida ishtirok etishi mumkin. 
TMN 
axborot 
arxitekturasining 
ob’ektli 
yo‘naltirilganligi, 
telekommunikatsiya resurslari boshqariluvchi ob’ektlar sinflari ko‘rinishida 
ifodalanib, ular TMN interfeyslarini qo‘llash bilan o‘zgarishi va yaratilishi 
mumkin. Ob’ektning chegaraviy interfeysi mazkur ob’ektning tavsiflari bilan 
bog‘liq xizmatlar to‘plami, ruxsat etilgan operatsiyalar, javob xabarlari va 
bildirishlarni ta’minlashi shart. Ixtiyoriy aloqa tarmog‘ini boshqarish uchun 
foydalanish mumkin bo‘lgan ob’ektlar to‘plami universal tarmoq axborot modeli 
(Generic Network Informotion Model, GHIM) nomini oldi.
TMN axborot modeli telekommunikatsiya resurslari va boshqariluvchi 
ob’ektlar o‘rtasida o‘zaro bir qiymatli moslik bo‘lishiga, bitta resursni bir necha 
ob’ektlar tomonidan taqdim etilishi, mantiqiy resurslarni akslantirish uchun 
qo‘shimcha ob’ektlarni kiritish (qo‘llab-quvvatlash ob’ektlari deb ataluvchi), 
shuningdek, boshqariluvchi ob’ektlarni bir-birining ichiga kiritishga yo‘l qo‘yadi. 
Funksional, fizik va axborot arxitekturalaridan tashqari TMN konsepsiyasi aloqa 
tarmoqlarini boshqarishga tegishli funksional komponentlarni va tadbirlarni 
taqsimlashning boshqa prinsipini ham taklif etadi. Aynan bir xil ma’muriy 
funksiyalar abstraksiyaning turli xil darajalarida amalga oshirilishi mumkinligi, 
mantiqiy ierarxiyali arxitekturani (Logical Lavered Architecture, LLA) aniqlashga 


imkon beradi. Aslida LLA arxitekturasi (ba’zida TMN- piramidasi deyiladi, 6.1-
rasm) ma’muriy vazifalarni bajarish uchun javobgarlik ierarxiyasini aks ettiradi. 
6.1-rasm. TMN piramidasi 
Hozirgi vaqtda LLA arxitekturasida boshqarishning beshta sathi ko‘zda 
tutilgan: 
- Tarmoq elementlari sathi (Network Element Layer, NEL) alohida 
qurilmada joylashgan xizmatchi axborotli ma’lumotlar bazasi (Management 
Information Base, MIB) va TMN infratuzilmasi orasida interfeys vazifasini 
bajaradi. Bu darajaga Q-adapterlar va xususan tarmoq elementlari kiradi. 
- Elementlarni boshqarish sathi (Element Management Layer, EML), tarmoq 
elementlari guruhi ishini nazorat qiluvchi operatsiyalarni ta’minlash tizimlari 
funksiyalariga mos keladi. Bu sathda aniq ishlab chiqaruvchining qurilmasi uchun 
xos bo‘lgan boshqaruvchi funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalarga 
quyidagilar misol bo‘ladi: qurilma xatolarini aniqlash, energiya iste’mol qilish va 
ishchi temperaturani nazorat qilish, statistik ma’lumotlarni to‘plash, hisoblash 
resurslaridan foydalanish darajasini o‘lchash, mikrodasturiy vositalarni yangilash. 
Mazkur sath o‘z ichiga vositachilik qurilmalarini qamrab oladi (jismoniy jihatdan 
ular yanada yuqori sathlarga tegishli bo‘lsa ham). 


- Tarmoqni boshqarish sathi (Network Management Layer, NML), oldingi 
sathdagi operatsiyalarni ta’minlash tizimlari tomonidan uzatiladigan va u yoki bu 
shakldagi mahsulotning xususiyatlariga bog‘lanmagan alohida tarmoq elementlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib, umumiy tarmoqni ifodalashni shakllantiradi. 
Boshqacha aytganda, bu sathda tarmoq elementlarining o‘zaro aloqalari ustidan 
nazorat amalga oshiriladi, xususan, xizmat ko‘rsatishning talab etilgan sifatiga 
erishish uchun chetki qurilma orasida ma’lumotlarni uzatish marshrutlari 
shakllantiriladi (Quality of Service, QoS), marshrutlashtirish jadvallariga 
o‘zgarishlar kiritiladi, ayrim kanallarning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish 
darajasi kuzatiladi, tarmoqning unumdorligi optimallashtiriladi va uning 
ishlashidagi to‘xtab qolishlar aniqlanadi. 
- Xizmatlarni boshqarish sathi (Service Management Layer, SML), 
foydalanuvchilar bevosita duch keladigan (abonentlar yoki boshqa xizmat-
provayderlar) tarmoqning faoliyat yuritishi jihatlarini qamrab oladi. LLA ning 
umumiy tamoyillariga muvofiq bu sathda NML sathdan kelib tushgan 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Ammo endi bu yerda marshrutizatorlarni, 
kommutatorlarni, ulanishlarni bevosita boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Xizmatlarni boshqarishga tegishli bo‘lgan ayrim funksiyalar quyidagilardir: QoSni 
va xizmat ko‘rsatish sathi to‘g‘risidagi bilimlar shartlarini nazorat qilish (Service 
Lerel Argeement, SLA), qayd qilinuvchi yozuvlarni, xizmatlar obunachilarini 
boshqarish, foydalanuvchilarni qo‘shish yoki kamaytirish, manzillarni berish, 
billing, boshqa provayderlar va tashkilotlarning boshqaruvchi tizimlari bilan o‘zaro 
aloqa. 
- Biznesni boshqarish sathi (Business Management Layer, BML), aloqa 
tarmog‘ini kompaniya-operatorning umumiy biznes maqsadlari nuqtai nazaridan 
qarab chiqadi. U LLAning qolgan sathlari kabi tezkor boshqaruvga emas, balki 
strategik va texnik boshqaruvga tegishli. Bu yerda gap tarmoqni loyihalashda va 
uning rivojlanishini biznes vazifalarini hisobga olib rejalashtirish, budjetlarni 
tuzish to‘g‘risida boradi. Shunday qilib, LLA sathi tarmoqni boshqarish 
tadbirlarining funksional ierarxiyasini ma’muriy dasturiy ta’minotini jismoniy 


segmentatsiyasiz taqdim etadi. Bu ierarxiyaning paydo bo‘lish sababi – boshqarish 
funksiyalarini ularning guruhlari va tarmoq ulanishlariga taalluqli funksiyalardan 
alohida tarmoq elementlari bilan mantiqiy ajratish zarurligidadir. Ma’muriy 
tadbirlarning ularni ta’siri yo‘naltirilgan resurslarga yaqinlashishi boshqarish 
samaradorligini oshiradi. 
Aloqa tarmoqlarini zamonaviy konvergensiyalash va intellektuallashtirish 
sharoitlarida, boshqarishga yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga 
keldi. Bu zaruriylikning asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz. 
Boshqarish nuqtai nazaridan keyingi avlod tarmoqlarining (Next Generation 
Networks, NGN) xususiyati shundaki, bu tarmoqlar har xil turdagi 
komponentlarning katta miqdoridan iborat. Boshqarish tizimi turli xizmatlarni 
taqdim etuvchi va turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalaridan iborat turli xil 
texnologiyalar negizida amalga oshirilgan tarmoqlarni boshqarishni ta’minlovchi 
qarorlar to‘plamidan iborat. NGNni boqarish tizimini ob’ektga yo‘naltirilgan 
taqsimlangan tuzilmadan foydalanib qurish maqsadga muvofiq. Ob’ektga 
yo‘naltirilganlik tizimni har biri o‘z xususiyatlariga (atributlariga) va bajarish 
mumkin bo‘lgan operatsiyalarga ega bo‘lgan ob’ektlar yig‘indisi ko‘rinishida 
tasavvur qilishdan iborat. Mazkur texnologiya murakkab tizimlarni tahlil qilishda, 
loyihalashda 
va 
dasturlashda 
foydalaniladi 
va 
unga 
oid 
asosiy 
ma’lumotnomalardan biri deb aytish mumkin. 
Boshqaruv tizimini ishlab chiqishda yangi modullarni ishlab chiqishga va 
joriy qilishga, mavjud ilovalar bilan ishlashga va tizimning ishlayotgan modellarini 
oson zamonaviylashtirishga imkon beruvchi ochiq modulli arxitektura 
konsepsiyasiga amal qilish zarur. 
24-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin