1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Multimediali aloqa tarmoqlarida sinxronizatsiya. 
Sinxronizatsiya deganda aloqa tarmog‘ining funksional elementlari bilan 
axborotni uzatish, kommutatsiyalash va ishlov berishning ayrim muhim 
elementlari orasida muvofiqlashtirish tadbiri tushuniladi. “Sinxronizatsiya” atamasi 
aloqa tarmog‘i va uning ayrim elementlarining faoliyat yuritishini turli 
jarayonlarini 
tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Raqamli UFTTga nisbatan 
sinxronizatsiyaning uchta jixatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
- taktli sinxronizatsiya; 
- siklli sinxronizatsiya; 
- tarmoq sinxronizatsiyasi. 
Taktli sinxronizatsiya, umumiy bitlar oqimidan sinxronizatsiya signalini 
ajratib olishga asoslangan. U bitlar darajasida (taktli intervallar) uzatish va qabul 
qilish qurilmalarining ishlashini vaqt bo‘yicha moslashtirish uchun zarur. Siklli 
sinxronizatsiya, turli manbalardan kelayotgan axborotlar, bitlarning umumiy 
oqimida axborotlar blokining boshi va oxirini aniqlash uchun zarur, ya’ni uni qabul 
qilishda to‘g‘ri taqsimlash uchun. Tarmoq sinxronizatsiyasi, axborot uzatishda 
yuqori sifat taminlanishi uchun tarmoqning turli nuqtalarida (shu jumladan xalqaro 
ulanishlarda) taktli signallarning uzoq muddatli aniqliligi va barqarorligining 
berilgan ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi. 


Tarmoq sinxronizatsiya uchun kvars va atom generatorlaridan foydalaniladi. 
Ular yuqori aniqlikdagi etalon signallarni ishlab chiqaradi. Masalan odatdagi kvars 
generatorining barqarorligi bir yilda 10
-6
ni tashkil etadi. Rubidiyli, seziyli va 
vodorodli atom generatorlarining barqarorligi ancha yuqori. Xususan, seziyli 
generator bir yilda 10
-13 
barqarorlikni taminlaydi. 
Ovoz va tasvir sinxronizatsiyasi. 
Multimedia seansi bir nechta oqimlardan iborat bo‘lib, ularning har biri 
RTPning alohida seansida uzatiladi. Kodlash formatlari bilan bog‘liq kechikishlar 
amaliy farq qiladi, 5.6-rasmda ko‘rsatilganidek, turli xil oqimlarda boy berish vaqti 
har xil bo‘ladi. 
Odatda sinxronizatsiya tovush va tasvir oqimlarini tenglashtirish uchun 
qo‘llaniladi, ammo mazkur texnologiya istalgan turdagi oqimlar uchun ham 
qo‘llanilishi mumkin. Ko‘pincha tovush va tasvirni alohida oqimlarga bo‘lishni 
sean ishtirokchilarining nimani afzal ko‘rishlariga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zilar video 
konferensiyalarda faqat tovushni qabul qilishni afzal ko‘rishadi. Ayniqsa bu 
ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan konferensiyalar uchun muhimdir. 
5.6-rasm. Multimedia oqimlarining sinxronizatsiyasi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin