-
boshqaruvchi, kanalli kommutatsiyaga ega bo‘lgan
qayd etilgan telefon
aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan, stansiyalararo signalizatsiya aloqasini tashkil
etish uchun zarur bo‘lgan, nomer va adres haqidagi xabardan iborat.
Hozirgi vaqtda UFTTda bitta va ikkita ajratilgan signalli kanal (ASK)
bo‘yicha signalizatsiya qo‘llaniladi. Transport tarmoq raqamli uzatish tizimi (RUT)
bazasi asosida qurilgan holatlarda, odatda ikkita ASKli signalizatsiya qo‘llaniladi.
ASKni tashkil etish uchun, resurslarni taqsimlash
algoritmi standartlashtirilgan,
ya’ni IKM-30/32 uzatish tizimining 16-kanal intervalida hosil qilingan.
Impulslar va pauzalar yordamida chaqiruvchi abonent tergan nomerni
uzatish, ulanishni o‘rnatish jarayonini sekinlashtiradi. Bu kamchilikni kamaytirish
maqsadida ko‘p chastotali signalizatsiya kiritilgan. Unda qo‘llaniladigan ko‘p
chastotali kodni signalli kombinatsiyalari ikkita sinusoidal signallardan iborat.
Uzatiladigan
signallar, oltita imkoniyatlidan ikkita turli chastota nominalini
qo‘llaydi. Mos keladigan usul ko‘pincha “6 dan 2” kodi deyiladi.
Umumkanal signalizatsiya (UKS) tizimi modelida funksional sathlarni
ajratish prinsiplari bir qator spetsifik xususiyatlarga ega.
Buning natijasida u OSI
modelidan farqlanadi. 5.2-rasmda UKS tizimining modeli keltirilgan va
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan,
aynan
o‘xshash tuzilishdan uni farqi ko‘rsatilgan. Bu yetti sathdan iborat tuzilish OSI
abbreviaturasi bo‘yicha yaxshi ma’lum.
5.1-rasm. Umumiy kanal bo‘yicha signalizatsiya
UKS tizimining uchta quyi sathi MTP (Message Transfer Part) xabarini
tashuvchi tarmoq tagini hosil qiladi. Bu MTP sathlarning funksional imkoniyatlari,
avval mavjud bo‘lgan uchta “nimtarmoq – foydalanuvchilar”
signalli yuklamaga
xizmat ko‘rsatish uchun yetarli edi:
-
ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - DUP (Data User Part);
-
xendover jarayoni - HUP (Handover User Part);
-
telefon tarmog‘i - TUP (Telephone User Part).
5.2-rasm. Umumkanal signalizatsiya tizimining modeli
Signalli ulanishlarni boshqarish nimtarmoq SCCP (Signalling connection
control part) OSI modelining 3-sathigacha MTRZ vazifalarini to‘ldiradi va keyingi
“nimtarmoq – foydalanuvchilar” ishi uchun zarur:
-
NMT-450 standartidagi harakatlanadigan aloqa - MUP (Mobile User
Part);
-
integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq - ISUP (ISDN User Part).
Shuningdek SCCPning funksional imkoniyatlari, TCAP (Transaction
Capabilities Application Part) tranzaksiyalarini qo‘llab-quvvatlash
uchun
nimtarmoq qo‘shimchalarida qo‘llaniladi. O‘z navbatida, TCAP nimtarmoq
keyingi amaliy nimtarmoqlarini ishlashi uchun zarur:
-
GSM standartidagi mobil aloqada - MAP (Mobile Application Part);
-
ekspluatatsion boshqarish – OMAP (Operations,
Maintenance and
Administration Part);
-
intellektual tarmoqlar - INAP (Intelligent Network Application Protocol);
-
CAMEL protokoli - CAP (CAMEL Application Protocol).
22-
Dostları ilə paylaş: