A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI
MODULI BO‘YICHA
“TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI”
o‘quv kursining
“SMART texnika va texnologiyalar (robototexnika misolida)” mavzusidagi
ma’ruza matni
Ma’ruzachi:
O‘.O.Tohirov
Toshkent – 2022
3-mavzu. SMART texnika va texnologiyalar
(robototexnika misolida)
Reja:
1. SMART-ta’limi va uning texnologiya fanidagi о‘rni.
2. Texnologiya fanida robototexnikani о‘rgatishning dolzarbligi.
3. Robototexnika asoslari bо‘limiga oid amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish.
1. SMART ta’lim va uning texnologiya fanidagi о‘rni
Jahonda axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy
kommunikatsiyaning kuchayishi integratsiyalashgan ta’lim muhitida ta’lim
oluvchilarning kasbiy va ijodiy rivojlanishini ta’minlash imkoniyatlarini
kengaytirmoqda. Ta’lim sohasidagi rivojlanish tendensiyalari axborotlashgan
jamiyatda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va
ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
“SMART”
atamasi dastlab 1954-yilda olim, iqtisodchi, publitsist, pedagog
Piter Ferdinand Druker tomonidan kiritilgan, 1965-yilda Paul JMeyer, 1981-yili esa
George T. Doran o‘z ilmiy ishlarida qo‘llagan[1].
SMART
–
“Specific”
(aniq,
o‘ziga
xos),
“Measurable”
(o‘lchovli),“Attainable” (erishiladigan), “Relevant” (muvofiq, resurs), “Time-
bound” (vaqt bo‘yicha chegaralar, aniq muddatli) inglizcha so‘zlariningbosh harflari
bilan ifodalangan [1].
Texnologiya
– (ingl: technology, rus: texnologiya) muayyan ishlabchiqarish
sohasidagi usullarvajarayonlarmajmuasi [4].
Bugungi kunda SMART-texnologiyalarning asosiy vositalarini
Dostları ilə paylaş: |