G.A.Pollak ta’lim oluvchilar uchun “SMART-ta’lim” uzluksiz ta’lim tizimi
(maktab, oliy ta’lim muassasalari, korporativ ta’lim) uchun quyidagilarni taklif
etgan: moslashuvchan ta’lim dasturlari, portfolio; ta’lim oluvchilarlar faoliyati
to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar; hamkorlik ta’lim texnologiyalari – bilimlarni
yaratish; o‘quv jarayoniga qurilmalar orqali mustaqil kirish; inson faoliyatining
ko‘pgina funksiyalarini kompyuterlarga o‘tkazish; ta’limni yangi darajada
individuallashtirish.
A.A.Aletdinova va A.A.Melnichenko SMART-ta’lim tushunchasini ilmiy
tahlil qilar ekan, quyidagi yo‘nalishlarni belgilab bergan (1-rasm): SMART-ta’limi
kabi intellektual vosita; SMART-birlashgan o‘quv muassasalari va professor-
o‘qituvchilar tuzilmasi; SMART-yangi ko‘rinish kabi, ya’ni, ta’limga yangicha
yondashuv, yuqori natijalarga erishishga imkon berish yoki ko‘proq samarali
usullar; SMART yangi smart-kompetentlikni shakllantirish mazmunida inson
shaxsiyatining takomillashuvi.
1-rasm.
SMART-ta’lim elementlari
Shunday qilib, “SMART-ta’lim” bo‘lajak mutaxassis shaxsi rivojlanishi
imkoniyatlarini kengaytirib, ularda zarur bo‘ladigan ijodiy salohiyatini
shakllantiradi. Bunda SMART-texnologiyalar va “buyumlar interneti” (IoT)
ta’limda o‘qitishning asosiy yordamchi vositalari bo‘lib hizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: