A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini



Yüklə 146,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix16.12.2023
ölçüsü146,69 Kb.
#183456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1KT0ewLI2A1IZSaKw3CNhNXSzHJvhnmyBeHwIfLe

SMART-universitetlar
va 
Smart Campus
paydo bo‘lmoqda. “SMART-ta’lim” 
texnologik innovatsiyalar va Internet orqali amalga oshiriladi, bu esa ta’lim 
oluvchilarda tizimli keng tafakkur va ixtisoslikka oid kasbiy malakalarini 
shakllantirish imkonini beradi. 
SMART-universitet
da o‘qitish ta’lim oluvchilarning imkoniyatiga imkon 
qadar moslashtirilgan va bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lgan texnologiyalarga 
asoslangan bо‘lishi kerak. Buning uchun esa SMART-universitetlar quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: 
moslashuvchanlik, muvofiqlashuvchanlik, 
innovatsiyalar.
Ta’limda SMART-texnologiyalar juda katta ahamiyatga ega, bir 
tomondan ular o‘quv muassasasi moddiy-texnika ta’minoti uchun xarajatlarini 
optimallashtirishga, boshqa tomondan, ta’lim xizmatlari va mahsulotlarning sifatini 
yangi darajaga ko‘tarishga imkon beradi. 
Smart Campus
– bu faol ta’lim dasturiga ega bo‘lgan hamkorlik markazi 
bo‘lib, Yevropa Komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan asosiy 
foydalanuvchilar (talabalar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar) bilan hamkorlik orqali 
o‘quv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalar va energiya 
manbalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha. 
Smart Campusda ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha uchta 
asosiy kategoriyalarga ajratish mumkin: 
SmartLiving, Smart Learning va Smart 
Safety & Security
. Buning barchasi t ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb etishi, 
ta’lim muassasasining hayot tarziga kirishiga ko‘maklashishi va kerakli yutuqlarga 
erishish uchun ularga barcha zaruriy resurslarni olishlarida yordam beradi. 
Ta’lim tizimi sohasida Smart Campus yangi o‘quv va o‘qitish modellarini 
amalga oshirish uchun har bir ta’lim oluvchilarga yakka personal hisoblash 
vositalarini yaratadi. Smart Campus texnologiyasi ta’lim oluvchilarning an’anaviy 
ta’lim olish usullarini o‘zgartirishlari mumkin. Davomat, ovoz berish va o‘quv 
binolariga kirishni avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan Smart ID kartalari ta’lim 
oluvchilar ma’lumot tizimlari bilan birlashtiriladi. Ta’lim oluvchilar va 
o‘qituvchilarni jismoniy bo‘shliqdan xalos qilgani kabi, ular vaqt o‘tishi bilan 


ko‘proq moslashuvchanlik va erkinlikka ega bo‘ladilar. Barcha ma’ruzalarni yozib 
olish va arxivlash orqali, kasal ta’lim oluvchi darsni o‘tkazib yuborganida yoki 
shunchaki nazoratdan oldin ko‘rib chiqishni xohlaganida, har bir ma’ruzaning har 
soniyasini ko‘zdan kechirishi mumkin. Smart Campus dasturlaridaishtirok etadigan 
ko‘plab texnologiyalar mutlaqo yangi emas – ular yangiusulda qo‘llaniladi. Smart 
Campus platformasi uchun juda muhim bo‘lgan narsa – bu ochiq API (ochiq 
interfeys). Ochiq API – bu turli xil qurilmalar va tizimlarni, hatto turli xil kirish 
usullaridan foydalanganda ham, real vaqt rejimida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qilish 
uchun bog‘lovchi vosita bo‘lib hisoblanadi. 
I.G.Borisenko 

Yüklə 146,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin