5. O‘quv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-uskunalar va energiya
manbalarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
6. Raqamli jamiyat va aqlli iqtisodiyot sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlaydi.
7. SMART yangi smart-kompetentlikni shakllantirish mazmunida о‘quvchi
shaxsiyatining takomillashuvini yanada oshiradi.
8. SMART-ta’limi – yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat’i nazar,
aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni “hamma joyda” ta’lim olish
imkoniyatini yaratadi.
2. Texnologiya fanida robototexnikani о‘rgatishning dolzarbligi
Texnologiya fanining yangi Milliy о‘quv dasturiga “Robototexnika asoslari”
bo‘limi kiritilgan bо‘lib, bu bо‘lim boshlang‘ich sinflardan boshlab о‘qitilishi
rejalashtirilgan.
Bundan kо‘zlangan
maqsad
– bo‘lajak mutaxassis shaxsi rivojlanishi
imkoniyatlarini kengaytirish, ularda zarur bo‘ladigan ijodkorlik qobiliyatini
shakllantirish, SMART-texnologiyalar va “buyumlar interneti” (IoT) asosida aqlli
muhitni yaratish, u orqali oʻquvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘llashga oid
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Texnologiya fanida aynan “Robototexnika asoslari” bo‘limini о‘rgatilishi
fanning mazmuniga mos bо‘lib, boshqa fanlardan farqli holda aynan robototexnik
tizimda ishlaydigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni ta’mirlash,
yangi turdagi uy-rо‘zg‘or buyumlarini yaratish va ulardan foydalanish ishlari ham
nazariy, ham amaliy jihatdan о‘quvchilarga о‘rgatiladi. Shuningdek, о‘quvchilarga
robototexnikaga oid yangidan kirib kelayotgan zamonaviy kasblar haqidagi bilimlar
har bir mavzularga integratsiya qilingan holda berib boriladi.
Texnologiya fanida “Robototexnika asoslari” bо‘limini о‘rgatilishining
muhim
Dostları ilə paylaş: