Innovatsiya va intergatsiya



Yüklə 46,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix16.12.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#183506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Р. Мавлонова

II BOB. DIDAKTIKA
DID AK TIK A NIN G PREDM ETI VA UNING VAZIFALARI
D idaktikaning 
predmeti 
ta'lim -tarbiya 
muassasasi 
sharoitida 
m uallim ning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. 
D idaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil 
tipdagi ta'lim -tarbiya m uassasalarida u yoki bu darajada beriladigan 
ta'lim m azm unini belgi-lashning ilmiy asoslari, o'qitish vositalari 
va m etodlarining samaradorligini oshirish y o ila ri ham da ta’lim ning 
tashkiliy shakllari ishiab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta’lim 
va o'qitish nazariyasini ishiab chiqadigan tarm ogldir. D idaktika 
yunoncha «didaktikos» so‘zidan olingan b oiib , o'qitish, o‘rganish 
m a’nosini bildiradi. Yaqin va O 'rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, 
Forobiy. Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi m utafakkirlar ilmiy 
didaktikaga asos solgan bolsalar, Amos Komenskiy. shveysariyalik 
pedagog I.G.Pestalossi, nemis pedagogi A .D isterveglar Yevropada 
didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Xorazmiy, Kindiy, 
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino. Umar Xayyom, Tusiy va ularning izdoshlari 
qarashlarining m uhim xususiyati shundan iborat ediki, m azkur oiimlar 
doimo predm etning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayo- 
niga m ana shu predm etning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish 
sodir b o iish i hamda shakllanishiga e'tibor berganlar. U lar bilishning 
predmeti va m anbalariga, bilish jaravoni qanday bosqichlardan tarkib 
topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat oi'tasidagi munosabat- 
larga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariya­
sini rivojiantirish borasida m uhim xizm at qildi, induktiv va deduktiv 
tafakkurdagi alohidalik ham da um um iylikning birligi prinsipini mu- 
ayyanlashtirdi. Kindiy substansiyani barcha ilmiy bilim larning bosh 
predm eti sifatida ko'rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy 
idrok etish zarurligini tasdiqladi. K im ki miqdor va sifatni bilmasa, 
u substansiyani bilishdan ham m ahrum ligini uqtirdi. Olim o'zining
13


didaktik g'oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish -
yakka narsalarni bilishdan iborat bo'lsa. oqilona bilish - umumiy 
narsalarni bilish ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat 
aql uchun material beradi. Sabablar haqiqatni bilishda va o'zining 
ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning 
aqliga ko'm aklashadi. «Haqiqat, - deb yozgan edi Kindiy, - har 
qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin, 
hayotdagi mavjud ham m a narsa haqiqiy ligi bilan mavjuddir. Haqiqatni 
bilish zarur va shunga ko'ra mavjud narsalarni bilish mumkin». Forobiy 
o’qitish m etodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliv va 
nazariy m etodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliv vo'nalishi 
va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bogiiqligi 
g'ovalarini olg'a surgan. Olim o*qitishning tajriba ko'rsatmalL induktiv 
va deduktiv, amaliv m etodlariga alohida e'tibor bergan. Barcha 
m etodlarni o'quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga 
tayangan holda birlashtirgan. O 'quv jarayonini tashkil etishga qo’yi- 
ladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo'yib, 
o'quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e ’tibor berish 
haqida, eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va 
shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo'yicha 
o'qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan2. Forobiy 
m atem atika fani misollari asosida o'qitishning ilmiylik, ko'rsatm alilik, 
tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni 
va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, 
ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya 
qilish fikrlashni takom illashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida 
qo'pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali 
amalga oshadi. Mantiq obyektni anglashga qaratilgan va aql yetadigan 
m ohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jaray onining to'g'riligini belgilashga 
xizm at qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam 
beradi. Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish m asalalari bo'yicha ham 
anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, 
yaxshi nazariyotchi bo'lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo'lsa 
ham, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart:
1. M azkur fan asosidagi hamm a prinsiplarni to'liq bilish.
14


2. M ana shu prinsiplardan va m azkur fanga doir m a’lumotlardan 
tegishli xulosalar chiqara bilish.
3. N oto'g'ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farq- 
lash, xatolarni to‘g ‘rilash uchun boshqa m ualliflarning fikrlarini tahlil 
qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va 
eng asosiy masala - bilishning m anbalari rnasalasi doimo Beruniy 
nazariy bilish faoliyatining diqqat m arkazida turdi. Olim bilishning 
nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil va talqin qildi. 
U o'zidan oldingi olim lar ishlab chiqqan bilishning ilmiy m etodlarini 
rivojlantirib, didaktik yo‘sinda m uhim xulosalar chiqardi: « 0 ‘qish va 
takrorlash orqali, - deb yozgan edi Beruniy, - dunyoning tuzilishini, 
osmonning va Yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun 
g'oyatda foydalidir. Binobarin, ana shu tariqa ta ’lim oluvchi malaka 
hosil qiladi va m azkur san'at ahli ishlatadigan so‘zlarni o‘rganadi, bu 
so'zlarning m a'nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli 
sabablar va isbotlarni o‘rganishda ana shunday so'zlar uchrasa, ularni 
bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o'zlashtirishda 
eharchamaydi». Beruniy asarlarida ta’kidlaganidek o‘qitish izchil, 
ko'rsatmali, m aqsadga muvofiq bo‘lishi va m a’lum tizim da olib borilishi 
lozim. Binobarin. ko'rsatm alilik ta’lim ning tushunarliroq, muavyanroq 
va qiziqarliroq b o '1 ish ini ta’minlaydi. tafakkurni rivojlantiradi. Ibn 
Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta ’limoti o‘qitish 
nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyum larni china- 
kam bilishga tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash 
asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini 
ishlab chiqqan. M ushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi 
aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni 
idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan 
fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda 
yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, siyoh va qalam ni ham bil- 
maydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoq- 
chalarni chiza boshlagan, qalamdan fovdalanishni o‘rganayotgan bola­
ning aqli tasavvur qilinadi: uchinchi bosqichda inson aqliy shakllarni 
va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql 
deganda insonning tu g in a iste’dodini, shuningdek, tajriba asosida
15


va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. 
Aqlni insonning birlamchi tu g in a sogiom fikrlashi, yaxshi va yomon 
ishlarni vujudga keltiradigan, ularni farq-lantiradigan kuch, deb 
ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon boiadi. Inson 
aql yordam ida narsalar va hodisalarni tahlil q ilad i um um lashtiradi 
hamda ularning eng vaxshilarini tanlavdh deb uqtiradi. Shuningdek
aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. U larning biri - nazariy aql boiib , 
borliqdagi umumiy narsalarning mohiyatini idrok etishdin ikkinchisi 
esa amaliy aql boiib, buyum larni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan 
qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy o'zining barcha tadqiqotlarida ilm m uam mosini 
birinchi o'ringa qo6ygan. «AlhosiL - deb yozgan edi u, - butun hayo- 
tim iz, salomatligimiz, saodatim iz. sarvatim iz, maishatimiz, himm a- 
tim iz, g'ayratim iz, dunyo va oxiratim iz ilm bilan bogiiqdur...Shuning 
uchun o'qimak, bilmak zam onlarini q o id an bermay, vujudim izning 
dushmani boig an jaholatdan qutulm akka jonim iz boricha saV 
qilm agim iz lozimdur»1.
A. Avloniy, ilm tarbiya jarayonida o'zlashtiriladi va u yaxshini 
yomondan. ezgulikni yovuzlikdan. joizni nojoizdan farqlash imkonini 
beradi. deb hisoblaydi. U tarbiya bilan taiim n in g birligi m uam mosini 
ishiab chiqdi. Garchi Avloniy ta iim bilan tarbiya o'rtasida ozgina 
farq borligini aytgan b o isa ham, ular tana va jon singari bir-biriga 
chambarchas bogiiqdir, deydi.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin