Okeanlarning ekologik zonalari. Okeanlarda ekologik sharoitlarning o`zgarishiga qarab
bir necha ekologik zonalar ajratiladi. Suv qatlami pelagaal, tubi esa bental zona deb ataladi.
Bental zona o`z navbatida supralitoral, sublitoral, batial va abissal kichik zonalarga bo`linib
ketadi. Odatda suv qatlamida yashovchi organizmlar to`rt guruhga:
nekton, plankton, pleyston va neyston kabi guruhlarga bo`lib o`rganiladi
. Gidrobiontlarning ba`zi bir moslanishlari Suv muhiti o`ziga xos tabiiy va kimyoviy
xususiyatlarga ega. Shuning uchun suvda yashovchi hayvonlarning maxsus moslanish yo`llari
mavjud. Masalan, suvli muhitda mo`ljal olish, fil’trlash yo`li bilan oziqlanishga o`tish va qator
maxsus moslanishlar vujudga kelgan. Ma`lumki, suvda tovush havo muhitiga nisbatan tez
tarqaladi. SHuning uchun ko`z yordamida mo`ljal olishdan ko`ra gidrobiontlar uchun tovush
yordamida mo`ljal olish afzalroq hisoblanadi. Hayvonlar juda nozik to`lqin uzunliklari
o`zgarishini ham seza oladi. Bunga misol qilib meduzalarni olish mumkin. Baliqlar,
mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo`ladi.
Tovushlar o`z navbatida tur ichidagi aloqa munosabatlarini amalga oshirishning muhim
yo`llaridan biridir. Ba`zi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan yaxshi foydalanadilar.
Baliqlar orasida elektr toki ishlab chiqarish va qabul qilish xususiyatlari ham ma`lum. Suvning
chuqurligini bilib olishda gazli vakuolalar (kameralar) yoki statotsistlar katta ahamiyatga ega.
Bulardan tashqari xemoretseptorlarning nihoyatda sezgirligi ham muhim. xususiyatlardan
hisoblanadi. Fil’trlash yo`li bilan oziqlanish o`troq holda hayot kechiruvchi plastinka jabrali
mollyuskalar, ninaoyoqlilar, polixetlar, atsidiy va plankton holdagi qisichbaqalar uchun eng
qulay va oson yo`ldir.