etishning nazariy va amaliy asoslari 225 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference birinchi texnologik inqilob − tosh, bronza va temir davriga to'g'ri keladi;
ikkinchi texnologik inqilob − "sanoat inqilobi" bilan bog„liq, ya‟ni energiya,
shu jumladan suv, bug', elektr va yonish energiyasini o'zgartirishga qaratilgan
ixtirolar, kashfiyotlarga borib taqaladi;
uchinchi texnologik inqilob − raqamli texnologiya, jumladan, uning hamma
joyda mavjud bo'lgan aloqasi va kuchli sun'iy intellekti hisoblanib, bu bosqich
insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy evolyutsiyasida yuzaga kelgan eng so'ngi texnologik
taraqqiyot to'lqinidir. Bu ilmiy prognozni ilgari surgan Kaliforniya universiteti
professori Martin Hilbert, o„z nazariyasini shunday izohlaydi. Biz yashayotgan
zamon − texnologik inqilobning uchinchi davri hisoblanadi. Chunki, 1980-yillarning
oxirlarigacha dunyodagi raqamli texnologik maʼlumotlar, umumiy ma‟lumotlar
ba‟zasini 1% dan kamrogʻini tashkil etgan bo„lsa, 2012-yilga kelib bu koʻrsatkich
99% dan oshib ketdi[6]. Olimning keltirib o„tshicha hozirgi davrda ma'lumotlarni
amaliy bilimga aylantirish tendensiyasining tezlashuvi natijasida, ma‟lumotlarni
avtomatlashtiradigan algoritmlar yaratilmoqda. Albatta bu jarayon, raqamli
texnologiyalar evolyutsiyasidagi kulminatsion nuqtani ko„rsatadi.
Jorj Meyson universiteti professori Zoltan Acs va boshqa olimlar tomonidan
olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko„rsatadiki, raqamli texnologiyalarning
paydo bo'lishi ortidan o„zimizga zarur bo„lgan ma'lumotlarni qidirish, ularni saqlash,
umumiy hajmini ko„rib chiqish yoki hisoblash, ma‟lum maqsadlar yo„lida
foydalanish, kerakli nuqtaga uzatish imkoni kengaydi. Bu albatta iqtisodiy
xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirgina qolmay, balki yangi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishda muhim vositachi ham bo„lmoqda. Masalan, raqamli texnologiyalar
infratuzilmasi, ko'p tomonlama raqamli platformalar va platformaga asoslangan
ekotizimlar (foydalanuvchilar va tadbirkorlar) yaratilishida qulay texnologik muhit
yaratildi deb, raqamli texnologiyalarni yuzaga keltiruvchi omillarga quyidagilarni
asosiy sabab sifatida keltirib o„tadi:
1) 1971 yilda mikroprosessor, chip ustidagi kompyuter ixtiro etilishi, keyingi
bosqichda shaxsiy kompyuter, internet, smartfon va elektron hisoblash kabi texnika
inqilobiga sababchi vositalarni yuzaga keltirdi;
2) so'nggi 50 yil ichida iqtisodiy faoliyat yirik byurokratik to„siqlardan holi
makonga o„tishi “raqamli texnologiyalar”ga bog„liq ekanligi ham haqiqat;
3) raqamli texnologiyalar iqtisodiy faoliyatga ta'sir qiluvchi besh xil
xarajatlarni kamaytiradi. Bularga qidirish, takrorlash, tashish,
kuzatish va tekshirishni kiritish mumkin;