Book · January 022 citations reads 484 author


VARIATIVLIK TURLARI. IJTIMOIY VARIATIVLIK. GENDER



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

VARIATIVLIK TURLARI. IJTIMOIY VARIATIVLIK. GENDER 
VARIATIVLIK. 
Reja: 
1. Lisoniy variativlik. 
2. Ijtimoiy variativlik. 
3. Erkak va ayol nutqining variativligi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
lisoniy variativlik, “til bilish”, ijtimoiy 
variativlik, tilning ichki differensiatsiyasi, stratifikatsion va vaziyatli variativlik, 
erkak nutqining variativligi, ayol nutqining variativligi.
Sotsiolingvistika – ijtimoiy munosabatlarda tilning tutgan o‘rnini, til 
taraqqiyotini va tilning funksional jihatlarini hamda jamiyat til uchun, til esa 
jamiyat uchun xizmat qilishini o‘rganadi. Sotsiolingvistikani fan sifatida 
o‘rganish jarayonida uning umuminsoniy hamda siyosiy xususiyatlari, jumladan, 
til va jamiyat, til va mafkura, til va tafakkur, til va xalq, til va yosh, til va jins, 
davlat institutlarida til, til taraqqiyotini rejalashtirish, shuningdek, tilning falsafiy 
xususiyatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Professor B. Golovin “sotsiolingvistika” 
fanini tor va keng ma’noda tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb biladi. Chunki 
sotsiolingvistika funksional (vazifaviy) ma’no kasb etib, u til qurilishi 
taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidlaydi va tilning vazifaviy xususiyatlari bilan 
bog‘liq, degan xulosaga keladi. 
Agarda biz muloqot jarayonida bir til vositasining tasarrufidan boshqa til 
vositasining tasarrufiga o‘ta olsak, masalan, adresatning almashinishida o‘sha 
mavzuni muhokama qilishda davom etsak, demak, bizning ixtiyorimizda ayni 
mavzu haqida turlicha gapirishga imkon beradigan vositalar majmuyi bo‘ladi. Bu 
tilning favqulodda muhim xususiyati bo‘lib, u so‘zlovchining muayyan tilda 
nafaqat o‘z fikrlarini erkin ifodalash, balki uni turli usullar orqali berish 
imkoniyati bilan ham ta’minlaydi. Til egasining ayni bir ma’noni turlicha ifodalay 
olishi, uning qayta ifodalash qobiliyati deyiladi. Mazkur qobiliyat aytilgandan 
ma’noni chiqarib olish qobiliyati va to‘g‘ri iboralarni noto‘g‘ri iboralardan 
farqlash mahorati bilan birga, “til bilish” deb nomlanadigan murakkab psixik 
malaka asosida yotadi.
Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning barcha darajalarida – turli til 
vositalarini bilishdan tortib, to so‘zlashuvchining bir tilga tegishli turli fonetik va 
urg‘u variantlariga yo‘l qo‘yilishini tushunib yetishigacha bo‘lgan darajalarda 
namoyon bo‘ladi. Masalan,
Toshkent shahrida 
piyola
so‘zini ikki xil talaffuz 


40 
qilish kuzatiladi: “pila” va “pela”. Bu fonetik variativlikka misol bo‘ladi. Yoki 
Farg‘onada 
narvon
o‘rniga 
shoti
, Xorazmda 
sabzi
o‘rniga 
gashir
so‘zlarining 
qo‘llanilishi leksik variativlikka misol bo‘ladi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin