See discussions, stats, and author profiles for this publication at:
https://www.researchgate.net/publication/358242350
D.Elova, G.Safarova SOTSIOLINGVISTIKA
Book
· January 2022
CITATIONS
0
READS
484
1 author:
Safarova Guzal
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
9
PUBLICATIONS
2
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by
Safarova Guzal
on 31 January 2022.
The user has requested enhancement of the downloaded file.
D.Elova, G.Safarova
SOTSIOLINGVISTIKA
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK
TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
D.Elova, G.Safarova
SOTSIOLINGVISTIKA
O‘quv-uslubiy qo‘llanma
Toshkent – 2021
3
UDK.....
Elova Dilrabo, Safarova Go‘zal
Sotsiolingvistika // o‘quv-uslubiy qo‘llanma // Toshkent – 2021, 100 b.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
hamda o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv- uslubiy qo‘llanma “Sotsiolingvistika” fani bo‘yicha Alisher Navoiy
nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv
dasturi (2020-yil) asosida yaratildi. O‘quv-uslubiy qo‘llanmani yaratishda
sohaning yetakchi mutaxassislari Hamidulla Dadaboyev, Zulxumor Xolmonova,
Laylo Raupova, Shoira Usmonova va boshqalarning sotsiolingvistikaga doir
darslik hamda ilmiy manbalaridan unumli foydalanildi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma
sohaning barcha bakalavr yo‘nalishdagi talabalari, mutaxassislar hamda
qiziquvchilarga mo‘ljallandi.
Mas’ul moharrir:
Laylo Raupova,
filologiya fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Ikrom Islomov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
G‘ofir Hamrayev,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
O‘quv uslubiy qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek
tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Kengashining 2021-yil 5 maydagi 9-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya
qilingan.
Elova D., Safarova G., 2021.
… nashriyot, 2021
4
SO‘ZBOSHI
Jahon tilshunosligida lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan
samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi amaliy tilshunoslikning
sotsiolingvistika,
etnolingvistika,
psixolingvistika,
pragmalingvistika,
lingvokognitologiya,
lingvokulturologiya,
neyrolingvistika,
kompyuter
lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy fan yo‘nalishlari aspektida
sohaga tegishli dolzarb muammolarning hal etilayotganligi ahamiyatga molikdir.
Dunyo tilshunosligida tilning amaliy, nutq, jamiyat, madaniyat, milliy tafakkur,
hatto sun’iy intellekt bilan uzviy munosabatini tekshirayotgan yangi
yo‘nalishlarning allaqachon shakllanib bo‘lganligi fanimiz oldiga yangi
vazifalarni qo‘ymoqda. D. Elova va G. Safarovalar tomonidan tayyorlanilgan
o‘quv-uslubiy qo‘llanma mazkur yo‘nalishlarga daxldorligi bilan ahamiyatlidir.
Tilshunoslik atamalari lug‘atida ta’kidlanishicha: “Sotsiolingvistika (lot. soci
(etas) – jamiyat + lingvistika) tilshunoslikning tilni ijtimoiy yashashi va ijtimoiy
taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi. Sotsiologiya va lingvistikaning
sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi;
nolisoniy omillar ta’sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televideniye,
kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning og‘zaki va yozma shakli o‘rtasidagi
nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq
ommasining nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shug‘ullanadi.
Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra sotsiolingvistik kompetensiya, ijtimoiy-madaniy
kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi
yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa
milliy-madaniy xususiyatlarini bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan
taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Ya’ni mos
kommunikativ vaziyatda diskurs tanlay olish; yuzaga kelgan muammoning
mohiyatini tushuntira olish va mijozga zaruriyat tug‘ilganda rozilik borasidagi
xizmatni taqdim qiluvchi shaxsga tushuntira bilish; til shakllarini tanlay bilish va
ularni nutqiy mavzu bo‘yicha kommunikativ vaziyatlar doirasida kasbiy matnga
muvofiq tarzda qo‘llay olish va o‘zgartirish; til egalarida hayratlanish yoki
achchiqlanishni uyg‘otmaydigan, ular uchun tabiiy, odatiy sanalgan muomalada
muloqot qila olish kabilarni o‘zida mujassam etadi. Bir so‘z bilan aytganda,
sotsiolingvistika jamiyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada paydo
bo‘lgan soha sifatida tilning asoslarini jamiyatdan, jamiyatning asoslarini tildan
qidiradi, ijtimoiy-siyosiy omillarning tilga ta’siri va yana boshqa masalalarni
tekshiradi. Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQShda shakllangani ko‘p
aytilsa ham, uning markaziy masalasi bo‘lgan til va jamiyatning o‘zaro ta’siri,
5
tilning jamiyatda tutgan o‘rni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir
qarashlar hind, yapon, ingliz, nemis va chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika
nomi ostida bo‘lmasa-da, o‘rganilgan edi. Amerika tilshunosi U. Labov
faol sotsiolingvistik tadqiqotlar ko‘p tilli Hindistonda hindiyni yagona davlat
tiliga aylantirish g‘oyasi bilan bog‘liq vaqtlardayoq boshlanganini qayd etadi.
O‘zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta’siri masalasiga
o‘tgan asrning 80-yillarida “Tilshunoslikka kirish” qo‘llanmasida alohida
to‘xtalgan bo‘lsa ham, til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina
boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu singari jadidlarning asarlarida bu masala
xususidagi qaydlar bor. Tilshunos olim S. Mo‘minovning “O‘zbek muloqot
nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasini
sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etish mumkin. Ilmiy-nazariy
manbalar tahlili shundan dalolat beradiki, sotsiolingvistikada tilning uch vazifasi
mavjud bo‘lib, ular tayanch, etnoijtimoiy va ijtimoiy tarzida tasnif etiladi. Bu
o‘rinda uning tayanch funksiyasi – aloqa qilish, etnoijtimoiy-turli etnik tillar
vositasida ijtimoiy-etnik tarixiy va hozirgi davr voqea-xodisalar; ijtimoiyda esa u
yoki bu xalqning tarixi, urf-odatlari va ularning an’analari boshqa xalqlar urf-
odatlari, an’analari, rasm-rusumlari, turmush tarzi bilan o‘xshashliklari hamda
farqi, madaniyati, san’ati, adabiyoti, iqtisodiy holati, milliy boyligi, shevalari va
boshqa jihatlari ifoda etiladi. Anglashiladiki, sotsiolingvistik kommunikatsiya
shakllari quyidagicha tasnif etiladi: ta’lim jarayonida, oila muhitida; ijtimoiy
guruhlar ichida; turar joylarda, vaqtinchalik jamoa ichida; ta’lim muassasalari
ichida, ishlab chiqarish jamoasi ichida; keng xalq ommasi, jamoatchilik ichida;
millatlararo, etnik guruhlararo; halqaro ya’ni umuminsoniyat ichida; yosh
toifalariga ko‘ra fuqarolararo; shaxslararo; kundalik maishiy hayotda. Tadqiqotlar
jarayonida sotsiolingvistik kompetentlikni shakllantirishda maqsadni to‘g‘ri
qo‘yish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni aniq loyihalashtirish,
o‘zga tilda aytiladigan fikrlarni eshitish va tushunishga o‘rganish, suhbatdosh
tilida to‘g‘ri, aniq va ravon muloqot olib borish; fikrlar almashinuvida muloqot
madaniyatiga ega bo‘lish; natijani doimiy manitoring qilib borish, tashxislash, til
o‘rganish va o‘rgatish texnikasini chuqur bilish, pedagogik jarayonni to‘g‘ri
tashkil etish va boshqarish malakasiga egalik, linsoniy muhit yarata olish
texnikasini bilish kabi indikatorlar aniqlanishi va ular tajriba-sinov ishlari
jarayoniga tatbiq etilishi lozim.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma “Sotsiolingvistika” fanidan O‘zbek tili va
adabiyoti ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida ishlab
chiqilgan. “Sotsiolingvistika” fanining maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan
jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari,
sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida ma’lumot berishdir. Mualliflar
6
D. Elova va G. Safarovalar mana shu maqsadni to‘g‘ri anglagan holatda bugungi
kungacha fan doirsaida amalga oshirilgan tadqiqotlarni o‘rganib chiqishgan.
Xususan,
o‘quv-uslubiy
qo‘llanmani
tayyorlashda
tilshunos
olimlar
H. Dadaboyev, Z. Xolmonova, Sh. Usmonova, N. Bekmuxamedovalarning ilmiy
nashrlaridan
unumli
foydalanishgan. Shuningdek,
mavjud
manbalardan
foydalanish bilan birga ularni mantiqan to‘ldirishga harakat qilishgan. Ayniqsa,
fan doirasida talabalarning mustaqil ishlashlari uchun tavsiya etilgan didaktik
matnlar, testlar, savol va topshiriqlar o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning yutug‘i bo‘la
olgan. Yana bir alohida e’tirof etish mumkin bo‘lgan holat: o‘quv-uslubiy
qo‘llanmada sotsiolingvistik metodlar haqida alohida to‘xtalingan. Mualliflar
tomonidan yoritilgan muammoning o‘ziga xos muhim ahamiyati shundaki,
mazkur o‘ziga xoslik ishning har qanday fanda, jumladan, tilshunoslikda, alohida
mavqega ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot metodlari masalasiga bag‘ishlanganligi bilan
bog‘liqdir. Yunon olimi Arximedning: “Tayanch nuqtani bering, men richag bilan
Yerni ko‘taraman” degan gapi bejiz emas: har bir tadqiqotchi uchun
metodologiya, dunyoqarash tayanch nukta bo‘lsa, uning “richag”i tadqiq
metodlari, o‘rganish manbaining ayrim-ayrim qirralarini tavsiflash usul, yo‘l va
vositalaridir. Ongli, puxta o‘zlashtirilgan va o‘qilgan tadqiq metodi bilan
qurollanmagan olimni ish qurollariga ega bo‘lmagan va nima qilishi kerakligini
bilmagan “ustahunarmand”ga qiyoslash mumkin. Aytish mumkinki, mualliflar
D. Elova va G. Safarovalarning “Sotsiolingvistika” fanidan tayyorlanilgan o‘quv-
uslubiy qo‘llanmasi fan doirasida tayyorlanilan dasturga muvofiq tuzilgan,
uslubiy qo‘llanma talab darajasida rasmiylashtirilgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma ma’ruza materiallari (ma’ruza matni,
adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat
savollari) va amaliy mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna,
adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki)dan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |