8
sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham
ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi.
“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma
ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda
o‘zgarishini va h.k. tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar
mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va
madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning
ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof”
lingvistikada
jag‘ini ezmoq
iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik
sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining
so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.
Xullas, sotsiolingvistikaning tilga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning
“sof” lingvistikadan farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini
ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqeyini
belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u shug‘ullanadigan
masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: