Sotsiolingvistikaning manbalari.
XVII asrning boshlarida tilning ijtimoiy
turli-tumanligini isbotlovchi dastlabki qarashlar shakllandi. Ispaniyadagi Salaman
universiteti professori Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi haqida
shunday fikr bildirgan: “Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur
viloyatlarda yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‘liq ayrim
shakllar ham mavjud bo‘ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, shaharliklar,
zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, qariyalar, erkaklar, ayollar
va hatto, bolalarning tillaridir”
1
.
“Sotsiolingvistika” termini qachon paydo bo‘lgan? Bu terminni ilk bor
1952-yilda
amerikalik
sotsiolog
G.
Karri
(Currie,
1952)
qo‘llagan.
J. Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of
Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari,
madaniyat antropologlari, dialektologlari va kommunikatsiya (muloqot) sohasi
turli mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarib
chiqildi.
Ayrim sotsiolingvistlarning
fikricha, sotsiolingvistikaning
ildizlarini
Amerika tilshunosligidan emas, balki Yevropa, xususan, rus tilshunosligidan
izlash kerak
2
.
Ma’lumki, 20-30-yillar mobaynida sotsiolingvistika ijtimoiy tilshunoslik
fani sifatida yuzaga kelgan yangi sohalardan biri bo‘ldi. Bu davrda ijtimoiy
1
Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. - М., 1976. – C.
22.
2
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 6-7.
9
munosabatlarda tilning hayot taraqqiyotidagi o‘rni, jamiyat bilan bog‘liq holda
shakllanishi, qolaversa, til va jamiyat tendensiyasining yuzaga kelishi
sotsiolingvistika fanining rivojlanishi va taraqqiyotiga asos bo‘ldi.
Sotsiolingvistikaning bu davrda yuzaga kelishi shunday bir holatga to‘g‘ri
keldiki, asosan hayotda jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalarni qamrab
oluvchi faktorlar til nazariyasining yuzaga kelishida asos bo‘lgan edi. Ayniqsa,
tilni bilish va his etish umumjamiyat masalalariga borib taqaladi.
Professor A. P. Barannikov 1919-yilda yozgan maqolasida shunday fikrlarni
ilgari suradi: Hozirgi tilshunoslikka e’tibor bilan qarasak, bu fan ijtimoiy til
bilimlari hisoblanib, fan va til qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish mavjud
bo‘lib, uni quyidagicha o‘rganish mumkin. Birinchidan, til umumjamiyat
qonuniyatlari asosidagi hodisa sifatida tushuniladi, ikkinchidan, tilni bir necha
bor davrning taraqqiyot mevasi sifatida his etish maqsadga muvofiq. Xuddi shu
masalada A. N. Selishev, N. M. Karinskiy, B. A. Larin singari taniqli tilshunos
olimlar ham fikr bildirishib, sotsiolingvistika tarixi, uning yuzaga kelishi va
muhim jihatlari xususida anchagina yaxshi ma’lumotlarni aytib o‘tadi. Ayniqsa,
sotsiolingvistika fani sotsiologik tadqiqotlarning tekshirish obyektiga xosdir, uni
esa ijtimoiy dialektlar, badiiy asar tilidagi adabiy va noadabiy til vositalari
qonuniyatlariga amal qilishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, yozma til, og‘zaki til
va hududiy til ko‘rinishlariga xosligini ta’kidlashadi.
Mashhur turkolog olim Y. D. Polivanov, akademik N. Y. Marr, professor
F. P. Filinlar ham ushbu masalada anchagina fikrlar bayon etishadi,
“Sotsiolingvistika” fanining muammolarini hal etishda boshqacharoq fikrga
kelishadi. Xususan, Y. D. Polivanov quyidagi masalalar, sotsiolingvistika fani
uchun asosiy muammolar ekanligini ta’kidlaydi:
1. Tilni ijtimoiy-tarixiy faktor sifatida ajrata bila olish.
2. Tillar va dialektlarning yozilishini ijtimoiylik nuqtayi nazaridan belgilash.
3. Tilni jamiyatning asosiy mahsuloti tarzida sintez qilish.
4. Ijtimoiy munosabatlarda tilni his etmoqlik va uning o‘zaro bog‘liq
jihatlari.
5. Tilning yashash (mavjudlik) yoki alohida tomonlarini to‘g‘ri baholay
bilish.
6. Fan, madaniyat tarixida tilning umumiy fonologik qonuniyatlarni joriy
etishdagi o‘rni.
7. Til siyosatida ijtimoiy lingvistikaning ustuvor jihatlari.
20-40-yillar tilshunosligida ijtimoiy lingvistikaning vazifaviy doirasi
kengayib bordi. Akademik Y. N. Marr “Til va jamiyat muhim qonuniyatlarni
o‘zida mujassam ettirgan hodisadir”, deydi. Chunki til sinfiy tushunchalarga
egadir, negaki, u jamiyat a’zolariga xizmat qiladi. Holbuki, til va tafakkur, til va
10
xalq, til va jamiyat, til va davlat, til va millat, til va etnik guruhlar kabi
muammolar tilning sinfiyligi asosida yuzaga kelishini aytib o‘tadi.
30-40-yillarda o‘zbek tilshunosligida ham shu kabi an’analar davom etdi.
Xususan, Fitrat, Elbek, Botu, Faxri Kamol singari olimlar qarashlaridagi ana
shunday mulohazalar o‘zbek ijtimoiy tilshunosligi fani g‘oyasini belgilashda
muhim ahamiyat kasb etdi.
I. A. Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi,
shuningdek, tilning qo‘llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar
ta’siri haqidagi tadqiqotlari sotsiolingvistikaning shakllanishida muhim rol
o‘ynagan. 1974-yilda “Русский язык зарубежом” jurnalida e’lon qilingan
maqolada N. G. Mixaylovskaya I. A. Boduen de Kurteneni “rus va sovet
tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi” deb atagan.
I. A. Boduen de Kurtene: “Til faqat kishilar jamiyatida mavjud ekan, u holda,
uning ruhiy tomonidan tashqari, ijtimoiy tomoniga ham har doim e’tibor
qaratishimiz kerak. Nafaqat individual psixologiya, balki sotsiologiya ham
tilshunoslikning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim”, deb yozgan
3
.
XX asrning birinchi yarmida Fransiya, Rossiya, Chexiya tilshunoslik
maktablarida tillarning ijtimoiy tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Rus
tilshunoslari I. Boduen de Kurtene, Y. Polivanov, L. Yakubinskiy, V. Jirmunskiy,
B. Larin, A. Selishev, G. Vinokur, fransuz tilshunoslari F. Bruno, A. Meye,
P. Lafarg, M. Koen, shved tilshunoslari Sh. Balli, A. Seshe; belgiyalik tilshunos
J. Vandries, chex tilshunoslari B. Gavranek, A. Mateziuslarning ilmiy g‘oyalari
sotsiolingvistikaning fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi. Binobarin,
A. Meyening til – jamiyat hayoti bilan bevosita aloqada bo‘lgan ijtimoiy hodisa
bo‘lgani uchun uning rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari
mavjudligi; Sh. Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‘ra
taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlikning salmoqli
o‘rin tutishi; rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til egalarining ijtimoiy
mavqeyiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy differensiatsiya; Y. D. Polivanovning
jamiyatning
tilga
ta’siri
to‘g‘ridan
to‘g‘ri
bo‘lmasligi,
jamiyatdagi
o‘zgarishlarning til evolutsiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi
haqidagi,
shuningdek,
hududiy
dialektologiya
bilan
birga,
ijtimoiy
dialektologiyaning ham muhimligini asoslash; B. A. Larin, V. M. Jirmunskiy,
D. S. Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar, argolar va
tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‘rganishning muhimligi to‘g‘risidagi
g‘oyalari shular jumlasidandir
4
.
3
Бодуэн де Куртенэ И. А. Избранные труды по общему языкознанию. Том ІІ. – М.: Изд-во Академии
наук СССР, 1963
.
– C. 15.
4
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 7.
11
Xullas, 20-40-yillarda sotsolingvistika va uni hayotga tadbiq etishning
dastlabki bosqichlari bo‘lib o‘tdi. 50-60-yillarda ijtimoiy tilshunoslik haqidagi
nazariyalar biroz bo‘lsa-da, rivojlandi. Sababi, bu masalada bir necha bor muhim
yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. 1952-yilda Milliy tillar muammmolariga doir,
54-55-yillarda “Nutq madaniyati” masalasida, badiiy asar tilini normallashtirish
borasida bahslar bunga yaqqol misoldir. Bu davrda S. I. Denisov,
V. V. Vinogradov, F. P. Filin, V. M. Jirmunskiy kabi olimlar “Ijtimoiy dialektlar
va ularni normalashtirish” xususida, qolaversa, ularni til taraqqiyotidagi o‘rni
masalasida ko‘pgina ijobiy fikrlarni ilgari suradilar. Xususan, V. M. Jirmunskiy
ijtimoiy dialektlar “terminining paydo bo‘lishi, sinfiy differensiatsiyalanishlar va
sinfiy jamiyatlar umumiy qonuniyatlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bir yoqlama
hollarda yuzaga kelishini” ta’kidlaydi
5
.
1962-yilda Olmaotada milliy tillarning taraqqiyoti masalasida bo‘lib o‘tgan
konfrensiyada ham milliy tillarni rivojlantirish va taraqqiy ettirish masalasida
muhim vazifalar belgilanib olindi. O‘zbek tilshunosligida ham V. Reshetov,
A. Borovkov, A. G‘ulomov, F. Abdullayev, O. Usmonov kabi olimlarning ijodiy
yo‘nalishlarida shu masalalar ilgari surilib kelindi.
70-80-yillarda ijtimoiy tilshunoslikning tekshirilish obyekti ancha kengaydi
va mustahkamlanib bordi.
Bu borada milliy tillarning rivojlanish qonuniyatlari, milliy va xalq tillari
taraqqiyotini tez sur’atlar bilan rivojlantirish, ko‘p tillilik masalasi, shuningdek,
tillar o‘rtasidagi aloqalar xususidagi fikr-mulohazalar o‘rin oldi. Shu masalada
Jirmunskiy, Andreyev, Petrovskiy kabi tilshunos olimlarning tadqiqotlari
ahamiyatlidir. Qolaversa, ijtimoiy lingvistikaning til qonuniyatlarini hayotga
tatbiq etishdagi o‘rni alohida ta’kidlanib kelindi. Bundan tashqari, milliy tillar
taraqqiyotida har bir tillarning o‘z ta’sir kuchini his etish, ayniqsa, shu tilda
so‘zlashuvchi xalqlar ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda ularning o‘rnini
belgilash kabi vazifalar o‘rin olib keladi.
Ayni paytda fanda yangicha nazariya va qarashlarni tatbiq etish asosida
ijtimoiy lingvistikaning faoliyatini kuchaytirish o‘z-o‘zidan tillar o‘rtasidagi
an’analarga amal qilishdir.
Ma’lumki, har bir til o‘z rivojlanish taraqqiyotiga egadir. Tillar o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. 1974-yilda bo‘lib o‘tgan yirik
konferensiyada tillar o‘rtasidagi hamkorlik masalasi kun tartibidan o‘rin oladi.
Ijtimoiy lingvistikaning asosiy muammolaridan biri sifatida tillarning o‘zaro
aloqasi masalasiga alohida ahamiyat berildi. Qolaversa, bu davrda til taraqqiyoti
5
Михайлов А. В. Ранние книги В. М. Жирмунского о немецком романтизме // Филологические науки.
1994. № 2.
12
va uning qurilishida til siyosatining muhim ta’sir etgani, har bir tilning
taraqqiyotida o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
70-80-yillarda Yevropa tilshunosligida sotsiologlar va tilshunoslar
hamkorligida ijtimoiy lingvistika bilan bog‘liq tarzda shakllangan til uyushmalari
tashkil etildi. Bular Chexiya, Polsha, Vengriya, Bolgariya, Germaniya,
shuningdek, AQSh, Angliya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda til uyushmalari
faoliyat ko‘rsatdi. Bu uyushmalarda ijtimoiy lingvistikaning eng muhim jihatlari
sintez qilindi. Jumladan, ijtimoiy lingvistikaning xalqaro maydondagi o‘rni,
ijtimoiy lingvistikaning birlamchiligi, “ijtimoiy lingvistikaning taraqqiyot
muammolari” kabi masalalar til uyushmalarining asosiy muammolaridir. Keyingi
yillarda til uyushmalarining sa’y-harakatlari natijasida bir necha ilmiy
monografiyalar yuzaga keldi. Bunda asosan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1. Ijtimoiy lingvistikaning milliy tillar taraqqiyotidagi o‘rnini tahlil etish
hamda til qurilishi rivojidagi o‘rnini belgilash.
2. Til muammolarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, til madaniyati
masalalarini hal etish jarayonini aniqlash, shu kabi masalalar keyingi yillarda
ko‘pgina ilmiy va o‘quv muassasalarida keng ko‘lamda o‘rganilib kelindi.
Ayniqsa, Kiyev, Minsk, Toshkent, Olmaota, Boku, Dushanba, Ashxabad, Tbilisi,
Yerevan kabi shaharlarda ijtimoiy lingvistikaning muhim jihatlarini o‘rganishga
katta e’tibor qaratildi.
Tilning ijtimoiy va hududiy variantlari (dialektlari) ijtimoiy lingvistikaning
asosiy o‘rganish obyektlaridan bo‘lib, ijtimoiy va hududiy variant (dialektlar)dir.
Bu masalada Golovin, Bondaletovlarning qarashlarida muhim qonuniyatlar
yuzaga keladi. Xususan, til va uning yuzaga kelishida ijtimoiy variant va hududiy
(dialektlar)ning alohida o‘rni bo‘lganligini ta’kidlashadi. Shuningdek, ijtimoiy va
hududiy dialektlar til qonuniyatlarini shakllanishining bir ko‘rinishi ekanligini
uqtiradi.
Akademik V. G. Stepanov tilshunoslar bilishi va o‘rganishi lozim bo‘lgan
masalalaridan biri sifatida dialekt va tildan tashqari uslubiy ma’nolar hosil
qiluvchi qisqa til hodisalari hamda variantlar xususida fikrlar bildiradi.
Agar XX asrning birinchi yarmidagi sotsiolingvistika diaxronalligi, ya’ni
tilning evolutsiyasi va jamiyatning rivojlanishi o‘zaro bog‘liqligi aytilgan bo‘lsa,
XX asrning ikkinchi yarmidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar sinxron xususiyatga
ega bo‘lib, ular til tuzilishi elementlari va jamiyat tuzilishining elementlari
o‘rtasidagi munosabatni tahlil qildi.
Dostları ilə paylaş: |