19
Makro sotsiolingvistikaga ijtimoiy darajada o‘ta muhim – lisoniy vaziyatlar
tahlili bilan bog‘liq muammolar ham kiradi. Jamiyatning lisoniy hayotida
makroyondashuv asosida tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p. Bu
muammolarning turli tumanligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
“Dunyoning turli hududlaridagi sotsiolingvistik muammolar” nomli yirik
to‘plamga murojaat qilib ham bilib olish mumkin.
Ikki tillilik muammosi ham makro sotsiolingvistikada o‘rganiladi. Tilning
sayqallanishi va uni kodlashtirish; til siyosati va tilni prognozlashtirish
muammolari makro sotsiolingvistikaning obyekti hisoblanadi.
Lisoniy
vaziyatlarning
tahliliga
bog‘liq
muammolar
ham
makro
sotsiolingvistika doirasida o‘rganiladi. Biror bir ijtimoiy-kommunikativ tizimning
muloqot sohalariga bo‘linishi, kommunikativlik darajasini aniqlash kabilar shular
jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: