18
Diaxron sotsiolingvistikaga muayyan tadqiqotlar uchun sinalgan tamoyillar
xosdir: til tarixi shu til egalarining tarixi bilan, ularning kundalik hayoti bilan
chambarchars bog‘liq holda o‘rganilishi kerak. “So‘z dialektdan dialektga, tildan
tilga bozor yoki ko‘rgazma, ibodatxona yoki muqaddas joylar, olimpiya o‘yinlari,
teatr yoki sirk, korrida yoki futbol namoyishiga borayotgan odamlar bilan birga
sayohat qiladi. So‘z mahsulot yorlig‘i, har qanday moddiy yoki ma’naviy ishlab
chiqarish bilan birga sayohat qiladi”
17
.
Sotsiolingvistika shug‘ullanadigan obyektlarning ko‘lamiga ko‘ra, makro va
mikro sotsiolingvistikaga bo‘linadi. Makro va mikro sotsiolingvistikaning
farqlanishi muayyan ma’noda sotsiologiyaning makro va mikro sotsiologiyaga
ajralishiga o‘xshaydi. Binobarin, makro sotsiologiya butun bir jamiyatning
rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq global jarayonlar bilan
shug‘ullansa, mikro sotsiologiyani insonning u yoki bu ijtimoiy guruhning a’zosi
ekanligi qiziqtiradi.
Ba’zi mualliflar til hodisalarini makro va mikro yo‘nalishda emas, balki
sotsiolingvistik tahlil qatlamlari sifatida farqlaydilar (masalan, Berruto 1974,
4 bob). Biroq sotsiolingvistikaning taraqqiyoti mobaynida bu tahlil darajalari
mustaqillasha bordi va sotsiolingvistikaning o‘zaro kam kesishuvchi ikki
yo‘nalishiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: