7
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
KIRISH. FANNING NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI.
SOTSIOLINGVISTIKANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Reja:
1. “Sotsiolingvistika” tushunchasi.
2. Sotsiolingvistikaning manbalari.
3. Sotsiolingvistikaning fan sifatida mavqeyi.
4. Sotsiolingvistikaning obyekti.
5. Sotsiolingvistikaning predmeti.
6. Sotsiolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari.
7. Sinxron va diaxron sotsiolingvistika.
8. Makro va mikro sotsiolingvistika.
Tayanch so‘z va tushunchalar:
sotsiolingvistikaning asosiy yo‘nalishlari,
sinxron sotsiolingvistika, diaxron sotsiolingvistika, makro sotsiolingvistika, mikro
sotsiolingvistika, nazariy sotsiolingvistika, tajribaviy sotsiolingvistika, amaliy
sotsiolingvistika, sotsiolingvistika, manba, sotsiolingvistika fan sifatida, obyekt,
predmet.
Bugungi kunda
fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb
etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash
nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi.
Sotsiolingvistika
tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan
bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til
rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan
kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi,
ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari,
shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi
farqlar tushuniladi. Demak,
Dostları ilə paylaş: