Book · January 022 citations reads 484 author


Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang birovni ishontirib



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Biz hozir andishaning bandasi, men emas onang birovni ishontirib 
qo‘ygan: bizning oiladan lafzsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydi. 
(Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”). 
Umumtilshunoslik ilmida ta’kidlanishicha, tilni sotsial hodisa sifatida 
tushunish hamda aloqa-aralashuv va fikrlash-anglash quroli sifatida tadqiq 
etishning ikki yo‘nalishi mavjuddir. Bu tadqiqotning birinchi yo‘nalishiga tilni 
jamiyatning mahsuli sifatida o‘rganish, shuningdek, tilga, uning strukturasiga, 
uning shakllanish qonuniyatlariga turlicha umumiy sotsial faktorlarning ta’sirini 
o‘rganish kiradi. Ikkinchi yo‘nalish esa, til jamiyat instrumenti, fikrlash, 
anglashning quroli va aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) quroli sifatida tadqiq 
etishdir. Bu yo‘nalish o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 
1. Tilni fikrlash-anglashning quroli sifatida o‘rganish.
2. Tilni aloqa-aralashuv, kommunikatsiya quroli sifatida o‘rganish.
Aloqa-aralashuv jarayonida tildan foydalanishning ikki asosiy maqsadi 
mavjud bo‘ladi:
a) nimadir xususidagi axborot bayoni;
b) odamlarning ruhiyati va axloqiga ta’sir etish.
Shunday qilib, tilning ayrim kishilarning axloqi va ruhiyatiga ta’sir etish 
vositasi sifatida qo‘llanishi pragmalingvistikaning predmeti hisoblanadi.
L. A. Kiseleva lingvistik pragmatika 
sotsiolingvistika
ning qismlaridan biri deb 
hisoblaydi. 
J. Ostin, J. Serl va Z. Vendlerlarning nutqiy akt nazariyasi ta’limoti ta’sirida 
lingvistik pragmatika shakllanishining ma’lum asoslari bor. Chunki nutqiy akt 
tushunchasi mohiyatiga ko‘ra so‘zlovchi nutqida kommunikativ niyat aks etadi. 
Kommunikativ niyat esa nutqiy aktlarning ko‘rinishlari sifatida nutqda namoyon 
bo‘ladi. 
Tildagi ba’zi so‘z yoki iboralarning millat hayotidagi sotsial o‘zgarishlar 
ta’sirida iste’molga kirishi yoki iste’moldan chiqishi, shuningdek, millatning urf-
odatlari bilan aloqador holatlarning tilning ba’zi qatlamlari bilan bog‘lanish va 
ta’siri kabi yo‘nalishlar bevosita ijtimoiy tilshunoslik predmetini tashkil etishini, 
tilning 
sotsiolingvistik 
aspektda 
tadqiq 
etilishi 
qaysi 
jihatlari 
bilan 
tilshunoslikning lingvistik pragmatika sohasiga yaqinlashishi yoki tadqiqot 
predmeti qaysi nuqtada ikkala soha uchun bir obyektga aylanishi nisbiy ekanligini 
tilshunos olim M. Hakimov uqtirib o‘tadi.


57 
Sotsiolingvistika fani tilning jamiyatga, jamiyatning tilga munosabati 
masalasini o‘rganar ekan, ijtimoiy muhitni ham nazaridan chetda qoldirmaydi. 
Kommunikantlarning qaysi muhitda yashashi masalasini ham tahlil qiladi. “Muhit 
tushunchasi o‘z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi. 
Insonni qurshab turuvchi barcha narsa: turmush va uning jihozlari, tabiat, jamiyat 
va davlat, shaxs, tarix, ya’ni turli davr va xalqlarning madaniyatlari muhit 
tushunchasiga kiradi. 
Inson o‘sha muhitda yashar ekan, bu uning fe’l-atvoriga, shuningdek, 
muloqot madaniyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. “Insondagi 
o‘zgarishlar, eng avvalo, uning xulqida, jumladan, muloqot xulqida namoyon 
bo‘ladi.
Kishilarning yashash tarzi, ish faoliyati, o‘qish tartibi, sharoiti, atrof-
muhitning o‘zgarishi uning nutqida ham namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning 
tilga ta’siri masalasi sotsiolingvistik tadqiqotlarning diqqat markazida turadi. 
Tadqiqotchi S. Mo‘minovning mazkur masala bilan bog‘liq tadqiqot ishida ham 
ijtimoiy muhitning muloqot xulqiga ta’siri, ya’ni qishloqliklar va shaharliklar 
nutqining o‘ziga xos farqli jihatlari asosan muhit bilan bog‘liq ekanligi 
ta’kidlangan. Sotsiolog va psixologlar ham kommunikantlar nutqining o‘ziga xos 
tarzda shakllanishida ijtimoiy muhitning alohida o‘rin tutishini ta’kidlaydilar.
Sotsiolingvistikada nutqning ijtimoiy xoslanishida nutq tushunchasi 
lingvistikada tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqelanishi, uning moddiy 
shaklda yuzaga chiqishi tushunchasidan farq qiladi. Ya’ni sotsiolingvistikada 
nutqning ijtimoiy xoslanishi deganda, umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan 
shaklda voqelanishi emas, balki qandaydir alohida bir guruh uchun me’yor 
vazifasini o‘taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig‘i tushuniladi. 
Tilshunoslikda adabiy tilga, shevalarga nisbatan bu ma’noda me’yor tushunchasi 
qo‘llanadi. Bundan tashqari, bu tushuncha lingvistikaning argo va jargonlariga 
ham yaqin turadi, chunki ular ham ma’lum bir ijtimoiy tabaqa uchun me’yor 
sanaladi. 
Jamiyatda turli tabaqa, turli ijtimoiy qatlam, turli yosh va jins vakillari 
yashaydi. Buning natijasida nutqda ijtimoiy xoslanish yuzaga keladi. Nutqning 
ijtimoiy xoslanishi uslubiyat bilan bevosita aloqadordir, chunki badiiy, ilmiy, 
rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy me’yorlardir. Shuning uchun 
nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida tahlil va tadqiq etilishi 
mumkin. Lekin bunda ham o‘ziga xos farq mavjud: uslubiyat, asosan, lisoniy 
vositalarni o‘rganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida esa nutqiy ifoda 
vositalari paralingvistik, ekstralingvistik vositalar bilan birgalikda tadqiq qilinadi 
va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odat, axloq fanlari bilan kesishadi. 


58 
Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang bo‘lib, ularning ichida quyidagi 
turlarini ajratish mumkin.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin